11:00 / 27.04.2017
7 882

Cho‘zilish mashqlari haqida eng keng tarqalgan uydirmalar

Cho‘zilish mashqlari haqida eng keng tarqalgan uydirmalar
Stretching va cho‘zilish – fitnes-klub, sport va raqs mashg‘ulotlaridagi eng ommabop yo‘nalishlardan biri. Bu masala yuzasidan hammasi oddiy va tushunarli bo‘lib ko‘rinadi. Lekin odamlarda cho‘zilish to‘g‘risida ko‘pgina stereotiplar paydo bo‘lgan. Biz siz uchun eng keng tarqalgan uydirmalarni to‘pladik.

Cho‘zilish – bu juda og‘riqli

Sportchilar, raqqoslar, sirk artistlari uchun cho‘zilish mashqlari bor. Oddiy odamlar uchun esa alohida cho‘zilish bor va bu «sog‘lomlashtiruvchi stretching» deyiladi. Sog‘lomlashtirish fitnesida stretching odamning jismoniy imkoniyatlariga qarab qo‘llaniladi. Bu yengil va umuman og‘riqsiz mashqlarning maqsadi egiluvchanlikni oshirish, mushaklarni bo‘shashtirish va tayanch-harakat tizimini mustahkamlashdan iborat.

Cho‘zilish – faqat yoshlar uchun

Agar siz keksayganda ham shpagat qilishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz – o‘zingizga yaxshi mutaxassis toping. Agar mustaqil shug‘ullanishga qaror qilgan bo‘lsangiz – jarayonni diqqat bilan kuzating, qattiq og‘riqlarga yo‘l qo‘ymang, bu mushaklar uzilishiga olib keladi.

Cho‘zilish ozishga yordam beradi

Ko‘pchilik qizlar cho‘zilishga ozish maqsadida borishadi! Ha nazariy jihatdan olganda, agar siz cho‘zilishni kuch ishlatib bajariladigan mashqlar bilan birga olib borsangiz, organizm bu harakatga jadal gormonal javob qaytaradi. Hujayralar neyromediatorlar deb ataluvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqara boshlaydi. Neyromediatorlar «yog‘lar to‘plami» faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, agar cho‘zilish yumshoq rejimda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unga katta umid qilmaslik lozim.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Cho‘zilish mashqlari haqida eng keng tarqalgan uydirmalar