1. Qulupnayni 3 kungina saqlab bo‘ladi. Bu vaqt ichida qulupnay tarkibidagi S vitamini, polifenollar va antioksidantlar yo‘qolib ulgurmaydi. Qulupnayni 4-5 kun muzlatkichda saqlab esangiz bo‘ladi, ammo foydali moddalari yo‘qolib ulgurgan mevadan naf yo‘q.
2. Qulupnayni muzlatkichga qo‘yishdan avval orasidagi barcha chiriganlarini olib tashlang. So‘ng uni og‘zi yopiladigan idishga solib qo‘ying, shunda namligi yo‘qolmaydi. Qulupnayni xona haroratida yoki to‘g‘ridan-to‘јri quyosh nurlari tushuvchi joyda saqlamang, aks holda u sanoqli soatlarda iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
3. Qulupnayni eyishni avval uni yaxshilab yuving, so‘ng qurishini kuting. Yassi idishga ustma-ust emas, bir qator qilib terib chiqing-da, ustiga limon sharabtidan tomizing, shunda rangi o‘zgarmaydi.
4. Mazali va sog‘lom meva rangi yorqin qizil, bandi esa yam-yashil bo‘ladi. Shuningdek, yangi qulupnay quyoshda yaltiraydi, sariq yoki yashil dog‘lari borlarini esa xarid qilmaganingiz ma’qul. Mevadagi jigarrang dog‘ esa qulupnay chirayotganidan darak. Qulupnayni hidlab ko‘rishga tortinmang, undan hushbo‘y hid ufurib turishi kerak. To‘q qizil qulupnay yoki pishib o‘tib ketgan bo‘ladi yoki nitratda pishgan bo‘ladi. Bunday qulupnayni aslo eya ko‘rmang. Shuningdek, bandi so‘lib qolgan bo‘lsa, qulupnay allaqachon uzilgan bo‘ladi. Qulupnay ustidagi urug‘lari chuqur kirgan bo‘lsa, meva mazali va etilgan hisoblanadi, aksincha ichkariga botmay yuzada tursa, demak, qulupnay pishishini kutib o‘tirmay, uzib olishgan.
5. Murabbo yoki pishiriqlar uchun qulupnayni oson tozalash yo‘li, bu trubochkadan foydalanishdir. Qulupnay uchidan pastiga qarab, trubochkani kirgazib tagini itarib yuboring. Yodda tuting: ingichka trubochka to‘g‘ri kelmaydi, enliroq trubochka bo‘lsin.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?