Xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimiz ila yo‘g‘rilgan juda ko‘p udumlarimiz bor. Bu odatlar ota-bobolarimiz zamonasidan beri rioya qilinib kelingani bois, odatlar asosini din tashkil qiladi degan tushunchada bo‘lishgan.
Ma’lumki nikoh ikki yoshning oila deb atalmish jamiyatning bir bo‘lagini yaratilishidir. Nikoh marosimi bilan bog‘liq turli odatlar borki, shular borasida fikr yuritmoqchimiz.
Nikohning ilk kechasi yangalar tomonidan turli irimlar qilinadi. Bu odatlardan oyna, kosada shirin suv va Qur’on kitob olib kiriladi. Kelin-kuyov oynaga qarab o‘z niyatlarini bayon qilishlari kerak. Bu kabi odatlarning hech biri shariatda ko‘rsatilmagan. Ammo bu oldingi vaqtlar joriy qilingan odat bo‘lib, kelin-kuyovlar ilk bor bir-birlarini chimildiqda ko‘rishganlari uchun oyna orqali bir-birlari bilan tanishishgan. Hozirgi vaqtda esa bunday udumga hojat yo‘q, chunki nikohdan oldin kelin-kuyov bir-birlarini tanib ulgurishadi. Shirin suvdan ichib yaxshi niyatlar qilinadi. Bularning hammasi chaqqon yangalar orqali amalga oshiriladi.
Hammasidan ham o‘tib tushadigani kuyov tomondan bir ayol, kelin tomondan bir ayol bo‘lib, kelin-kuyovlarning krovatida yotib berishadi. Keyin “tug‘di” marosimi qilinadi. Yangalar yostiqni o‘rab, unga alla aytishni boshlashadi. Alla aytganga esa atrofdagilar pul berishadi. Shundan keyin “patnis chalish” irimi boshlanadi. To kelin tomonidan biror narsa undirishmaguncha patnisning ovozi tinmaydi.
Aslida Allohning kalomidan o‘qib, kelin-kuyov uchun chiroyli duolar qilinishi zarur.
Boshqa hududlarda kuyov kelinni xonadonga olib kirishidan avval alanga atrofida aylantirish odati bor. Bu amal ham bid’at amallardan bo‘lib, odatda jinlardan asrash yoki bir-biriga isitish maqsadida o‘tkaziladi.
Kelin-kuyovni baland qilib to‘shalgan o‘ringa yotqizib, ustiga ko‘rpa solib qo‘yishadi. O‘rin atrofida ayollar esa tong otar turli voqealarni aytib, go‘yoki kelin-kuyovlarga hayotdan saboq berishadi.
Nikoh deb atalmish baxt qasrining ilk kechasida turli odatlari-u, irim-sirimlar emas, balki Yaratgandan go‘zal niyatlar ila shukrona namozlarini o‘qish, duolar qilish darkor. Namoz o‘qib, duolar qilish bir oz qo‘rquvda va hayajonda turgan ikki yoshni tinchlantiradi.
Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
“Qachon biringiz biror ayolga uylansa, qo‘shilish kechasida ikki rakaat namoz o‘qisin, un(kelin)ga ham ortida ikki rakaat namoz o‘qishini aytsin. Albatta, Alloh uyda yaxshilikni (paydo) qiluvchidir” (Bazzor rivoyat qilgan).
Shuning uchun ham yoshlarga kuyov jo‘ra, kelinga yanga tanlashda diniy ilmga, tibbiy madaniyatga ega insonlar tanlanadi. Bu insonlarning yangi hayot qurayotgan yoshlarga beradigan maslahatlari nafaqat nikohning ilk kechasi, balki hayot davomida duch keladigan muammolarda birgalashib echim topish, er va ayollik vazifalari, bir-birlarini tushunish, ishonch, qaynbo‘yinlar bilan munosabatlarda o‘z samarasini beradi. Kelin yanga va kuyov jo‘raning vazifalari o‘ta mas’uliyatli bo‘lib, ularni ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘llari kelin-kuyovlarning yangi hayotga ko‘nikishlarida yordam beradi.
O‘zaro ishonch, mehr-muhabbat, bir-birini quvvatlash esa hayrli duolar ila yuzaga keladi. Jamiyatimizdagi qurilayotgan har bir yangi oila mukammal baxtga, tinchlik-xotirjamlik va bolalar kulgusiga to‘la bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolamiz.
Manba: Muslim.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Tramp uchta davlat tovarlariga bojlar joriy etmoqchi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar