Agar o‘zingizni yaxshi ko‘rsangiz va dangasalikni engib o‘tishga qodir bo‘lsangiz, yoshning ahamiyati yo‘q. 20 va hatto 30 yoshda ham muammolardan qo‘rqmaysiz. Tana har qanday sharoitda ishlashga tayyor va yo‘lda uchraydigan barcha to‘siqlar o‘tib ketadigandek ko‘rinadi.
Aslida esa, yoshlikdagi xatolar 40 ga yaqinlashganda o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Har bir chekilgan sigareta, iste’mol qilingan spirtli ichimlik, qo‘yib yuborilgan mashg‘ulotlar ayanchli tugashi hech gap emas. 40 da ham yosh va tetik bo‘lishni istaysizmi? Trendymen buning uchun hozirning o‘zidayoq chek qo‘yishingiz kerak bo‘lgan xatolarga ishora qiladi, deydi Kun.uz nashri.
Suv ichmaslik
Suv organizmdagi har bir hujayra va organ, shu jumladan terini ham oziqlantiradi. Ayniqsa yoshi 30 dan oshgan kishilar uchun organizmning etarlicha namlangan bo‘lishi juda muhim: nima uchundir yosh o‘tgan sari chanqoq hissi kamroq seziladi.
Mashg‘ulotlarni qo‘yib yuborish
Yaxshi o‘ylangan jismoniy mashqlardan iborat rejim maxsus mashg‘ulotlarsiz to‘liq bo‘lmaydi. Bu sizga mushaklar tonusini saqlab qolish, metabolizmni oshirish va suyaklarni mustahkamlashda yordam beradi. Bundan tashqari, og‘ir yuklar bilan ishlash epchillik va muvozanatni yaxshilaydi hamda barcha organlarni etarlicha kislorod bilan to‘yintiradi.
Chekish
Chekish - zahar kabi. Tamaki tutuni yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pka saratoni, falaj xavfini oshiradi va chekuvchi insonga boshqa ko‘plab ko‘ngilsizliklar keltiradi. 30 yoshdan keyin bu eng zararli odatlardan ochiqchasiga tahdid soluvchi odatga aylanadi: mavjud barcha xavflar rivojlanish uchun jiddiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Og‘riqqa e’tiborsizlik
Tanangiz sizga nimagadir ishora qilayotganida, unga e’tibor bermaslik ahmoqona xatodir. Muammodan qancha erta xabar topsangiz, uni davolashga shuncha kam pul sarflaysiz. Shunga qaramay, ko‘p bemorlar shifokorlarga murojaat qilishni orqaga surishadi. Masalan, erkaklar proktologga borishga or qilishadi, ayollar esa mammologni chetlab o‘tishga harakat qilishadi.
Quyosh ostida yurish
Albatta, kun bo‘yi quyoshdan qochishga chorlamaymiz, biroq yodingizda bo‘lsin: ultrafiolet nurlar terining vaqtidan ilgari qarishiga olib keladi va melanoma (halokatli kasallik)ning rivojlanish xavfini oshiradi. Solyariyani unuting va doimiy ravishda quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalaning. Shunda sog‘lomroq bo‘lasiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?