
Savol: — Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ma’lumot o‘rnida alkogolsiz pivo haqida yozmoqdaman. O‘ylashimcha, bu ishlab chiqaruvchilarning navbatdagi nayrangi. Shunday pivo idishini sinchiklab o‘qisam “spirt miqdori 0,5%dan ko‘p emas” degan yozuvi bor ekan!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: — Va alaykum assalom!
Unday narsani ichmaslik kerak. Ulug‘larimiz muboh narsalarni haromga olib bormasin, deb tark qilishgani ko‘p kitoblarda rivoyat qilingan. Shayton ham kishini birdaniga zino qildirmaydi. Asta-sekin diniy savol-javoblarni, keyin dunyoviy hamdardliklarni, keyin tez-tez gaplashib amru-ma’ruf qilishni yo‘lga qo‘yib oxiri zino qildiradi. Avvalda alkogolsiz pivo, keyin gradusi oz ekan deydi, keyin hamma pivo halolga chiqadi. Taqvodor inson alkogolsiz bo‘lsa ham iste’mol qilmasligi kerak. Hozirda qancha-qancha zinolar erkak va ayolning salom berishidan kelib chiqmoqda. Joiz emas desangiz “salom berishdan qaytaryapsizmi?” deydi. Vallohu a’lam!
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar