13:43 / 11.06.2017
7 994

Bolaga o‘rgatish kerak bo‘lgan ba’zi xavfsizlik qoidalari

Bolaga o‘rgatish kerak bo‘lgan ba’zi xavfsizlik qoidalari
Maqolada o‘z farzandingizga qanday xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishingiz kerakligi haqida gapiramiz.
Notanish odamlarning har qanday takliflariga har doim «yo‘q» deyish. Unga bunday holatda o‘zini noqulay his qilmasligi kerakligini va bunga uning haqi borligini tushuntiring.

Katta yoshli kishilar boladan emas, balki boshqa katta yoshdagi kishilardan yordam so‘rashlari kerakligini ham tushuntiring. Tabiiyki, keksa yoshli kishilarga avtobusga chiqishda yoki uyining yonigacha og‘ir sumkasini ko‘tarishda yordam berishi mumkin, lekin begona uyga kirish mumkin emas.

Hech kim tashqi ko‘rinishidan «yaxshi» odamni «yomon» odamdan ajrata olmasligini tushuntiring.

Bola katta yoshdagi kishilarning hammasining ham aytganini qilavermasligi kerak. Aks holda bu bolalarning begona kishilar bilan ketib qolishlari yoki ochishni talab qilgan begona kishilarga eshikni ochishlariga olib kelishi mumkin. Unga kimning aytganini qilish kerakligini tushuntiring, unga kimlar yaqinlari, kimlar esa begonalar ekanligini tushunishiga yordam bering.

Unga agar u yo‘qolib qolsa kimlardan: bolali odamlardan, milisionerdan, qo‘riqchidan, o‘sha joydagi ishchilardan tortinmasdan yordam so‘rashni o‘rgating.

Bolaga o‘ziga ishonishni o‘rgating va unga begona odamning o‘zini tutishi shubhali ko‘rinsa o‘zini himoya qilish: ketish, qochish, yordam so‘rash kabi choralarni ko‘rishni o‘rgating.

Bolani baland tovushda qichqirishga o‘rgating. Biz har doim bolalarga jim yurishlari, atrofdagilarga xalal bermasliklari kerakligini tushuntiramiz. Shuning uchun ular hayotlari tahlikada bo‘lsa ham jim turishadi.

Agar u yo‘qolib qolsa, shuningdek shaharda ham agar kimdir uni ushlamoqchi bo‘lsa yoki kuch ishlatsa, qichqirishi kerak. Buning uchun o‘rmonda mashg‘ulotlar uyushtiring va keyin albatta buni shaharda ham qilib ko‘ring.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bolaga o‘rgatish kerak bo‘lgan ba’zi xavfsizlik qoidalari