00:07 / 22.06.2017
9 495

Qo‘sh xotinlik: Kimga bahona, kimga ko‘ngil hushi?

Qo‘sh xotinlik: Kimga bahona, kimga ko‘ngil hushi?a. Bo‘lajak qudam bilan kelishib, nikohni ham, kelin, kuyov challarlarni ham o‘z uyimizda o‘tkazyapmiz. Axir yillar davomida hovli — joy qilib, otamiz o‘tgan uylarni ta’mirlab, kuchimizni ham, mablag‘imizni ham sarfladik.Nega endi orzuli to‘yimizni ko‘chada o‘tkazib kelarkanmiz? Qarindosh, do‘st-yorlar to‘yimizda kelib, uyimizda yayrashsin, keng va salqin ko‘chamiz sahnida gurunglashib, ota-bobolarimizni eslashsin»…

Uning fikrini ma’qullab, niyatini qo‘llab turarkanman, «Mahsuma ammam»…
«Qaysi Mahsuma ammam-a?»…deb xayol surardim. Shu payt jajji nabiram shoyi ko‘ylakchasini xilpiratib xonamga kirib qoldi.
Hah, esim qursin! Axir bu ko‘ylakchani aynan Mahsuma ammam katta o‘g‘limning beshik to‘yida sovg‘a qilib kelgan qo‘l mashinada tikkanman-ku!
Mahsuma amma…
Otamning ko‘chadan topgan opa-singillari ko‘p edi. Qumri amma, Rahima amma, Fayzi amma…
To‘g‘ri, ammalar ko‘chada o‘smaydi, lekin ko‘chada ham qolmaydi!

Urush ko‘rgan otajonim urush bevalariga aka-uka tutingandilar. Bolalari Murod tog‘am keldi!, — deb bizni charaqlab kutib olar, tog‘aning qizi, ya’ni meni ham ardoqlab ko‘klarga ko‘tarishardi.
Onam ularni “Oyba”m (Oy opam) deb atar, otam ko‘ylak keltirsa ikkitadan bittasini “Oyba”larga atar, “qish kelyapti, besh qop un olaylik, o‘n qop sabzi-piyoz kam”, deb ularning ham hisobini qilib yurar edi!
Hamon o‘sha ammalarimning to‘y-ma’rakalarida izzatli mehmondir onam!

Ayrimlari bilan quda bo‘lib, chinakam qarindoshlik rishtalarini bog‘lagan…
Tavba, deyman, qo‘sh xotinlikni da’vo qilayotgan ayrimlarning gapini tinglab.
Hozir erkakdan qochib, chimmatda qo‘li qisqa, tili soqov bo‘lib o‘tiradigan zamonimas, ayollarning!
Qolaversa qaysi ersiz xotin ochidan o‘libdi?
Aksariyatining qo‘lida xunari, uchqur mashinalarning ruli!

Aka-ukasi, qarindosh urug‘lari bor. Kimgadir xola, kimgadir amma bo‘lishga arziydigan aql-xushli, ibo-xayoli…
Fohishalikka yo‘naltirayotgan ham, “o‘ynash”likka chorlayotgan ham menimcha nafsi buzuq erkaklar, iymonsiz, oyog‘i erdan uzilgan “amaldor”lardir. O‘shalar o‘z qizlarini ikkinchi xotin bo‘lishini xohlarmikan?
So‘rab ko‘ring, qo‘l ostida ishlab, “kanizak”ka aylanishini-chi?..

Umida Abduazimova

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qo‘sh xotinlik: Kimga bahona, kimga ko‘ngil hushi?