00:20 / 22.06.2017
6 864

O‘zingizni bilimdonman deb o‘ylashdan oldin…

O‘zingizni bilimdonman deb o‘ylashdan oldin…
Bir jajji qizcha ikki qo‘lida ikkita olma ushlab turardi. Shu vaqt onasi kirib keldi va tabassum bilan, oxista qizidan so‘radi:
— Asaltoyim, oyijoningga shu olmalaringdan birini berasanmi?
Shunda qizaloq onasiga bir muddat qaradi-da, shart olmaning birini tishlab oldi va tezda yana ikkinchi olmani xam tishlab qo‘ydi.
Onasi buni ko‘rib yuzidagi tabassum muzladi, xafsalasi pir bo‘ldi, lekin buni qizchasiga bildirmaslikka o‘zida shijoat topa oldi, sabr qildi. Qizi esa darhol tishlangan olmalardan birini onasining qo‘liga tutqazib, shunday dedi:
– Oyijon, mana bunisi sizga, shunisi shirinroq ekan.

Siz kim bo‘lsangiz ham, qanchalik hayot tajribangiz ko‘p bo‘lsa ham, o‘zingizni shu qadar bilimdonman deb hisoblasangiz ham, har doim hukm chiqarishni ortga suring. Boshqalarga imkon bering, o‘zlari tushuntirib berishsin. Siz ko‘rib, eshitib turgan narsa xaqiqat bo‘lmasligi mumkin. Hech qachon birovlar uchun xulosa chiqarib qo‘ymang. Yuqoridagi hikoyada agar ona shoshqaloqlik yoxud g‘azab bilan qiziga qo‘pollik qilganda yoki yuziga tarsaki tushirganda qiz qanchalik ruhiy sinishini tasavvur qilolsangiz kerak. Bejiz dono xalqimiz, “…berdi” sini aytguncha boshini yormagin, demagan…

Inglizchadan Tohir Mamatxanov tarjimasi

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zingizni bilimdonman deb o‘ylashdan oldin…