17:36 / 22.06.2017
20 488

Bir qizning achchiq qismati: «Chimildiq xiyonatni kechirmas ekan!»

Bir qizning achchiq qismati: «Chimildiq xiyonatni kechirmas ekan!»
Biz boshida juda baxtli edik. Har kuni uchrashamiz, shirin suhbatlar, sirli qarashlar… Tengdoshlarimizning bizga havasi kelardi. U ro‘paramizdagi ko‘p qavatli uyda yashardi. Men o‘zimcha, 17 yosh qizning o‘rtamiyona aqli bilan sevib qolgandim. Bu sevgimning oxiri nima bilan tugashini bilmas, shunchaki menga sevgi izhor qilib, har kuni qarshimdan chiqadigan yigitga o‘rganib qolgandim. Oyim tijorat uchun tez-tez chet elga ketar, dadam tungi navbatchilikda bo‘lgan vaqtlari uyda yolg‘iz qolardim. Buni u bilardi.

Bir kuni u ota-onang baribir uyda yo‘q-ku, yur, bir do‘stimning uyiga borib kelamiz, dedi. Men unga butkul ishonardim. Afsuski u ishonchimni poymol qildi. Men homilador bo‘lib qoldim. Endigi muammo tezroq to‘y qilish edi. O‘sha yigitdan sovchilar kelganida dadamning «Tengini topib kelsa bo‘lmaydimi, men kelib-kelib, mana shular bilan quda bo‘lamanmi?», deb jahli chiqdi. Xolam orqali hamma gapni bilgach esa, meni rosa koyidilar. Xullas, sovugan oshdek to‘y ham o‘tdi. Farzandli ham bo‘ldik.

Lekin mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar uchun men hamon gunohkorman. Haligacha meni muhokama qilishadi. Men ko‘ngil qo‘ygan, sevgan yigit esa, to‘ydan keyin butkul o‘zgardi. «Sen chimildiqqa kirmasdanoq homilador bo‘lgansan, demak, boshidan sen yengiltak bo‘lgansan”, deb, kun bermaydi. Uning ta’nalaridan bezib, endi ajrashmoqchiman. Anglab etganim shu bo‘ldiki, chimildiqni oyoq osti qilganlar aslo baxt nimaligini bilolmas ekan…

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir qizning achchiq qismati: «Chimildiq xiyonatni kechirmas ekan!»