
Guanjou universitetidagi olimlarning xalqaro guruhi kotib(a), o‘qituvchi, muhandis, maishiy xizmat ko‘rsatish soha xodimlari va devonxona, ofis ishlari bilan shug‘ullanuvchi xizmatchilar uzoq umr ko‘rmasliklarini aniqlashdi. Olimlar bir talay tadqiqot va tajribalar o‘tkazishgandan keyingina shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi muzaffar.uz sayti.
100 mingdan ortiq ko‘ngillilar tahlildan o‘tkazilganda, soha vakillari kun davomida hayajonlanishlari, asabiylashishlari, oqibatda bu salomatliklariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, insult kelib chiqishiga sababchi bo‘lishini aniqlashdi. Albatta, bu borada, nasliy irsiyat, ish tartibi, zararli odatlar va hokazolar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sohadagi xodimlar 40 yoshlaridayoq salomatliklaridan shikoyat qilishni boshlasharkan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar