22:53 / 13.07.2017
9 792

Er yuzidagi eng baxtli odam – Sizsiz! Ishonmaysizmi?

Er yuzidagi eng baxtli odam – Sizsiz! Ishonmaysizmi?
Alloh taolo Qur’oni karimda yaxshilik va yomonlik, baxtlilik va baxtsizlikni barobar tilga olgan, deydi ulamolarimiz. Shuning uchun, odatda, pessimist (tushkun kayfiyat) insonlar o‘zlarini baxtsiz his qilishlari uchun qancha ko‘p sabab topsa, baxtli sezish uchun ham shuncha ko‘p sabab topiladi.
Diqqat qiling:
1. Otangizdan onangiz rahmiga o‘tgan o‘n million tirik hujayradan faqat siz tirik qolgansiz. Qolgan 9999 hujayra o‘lgan;
2. Ko‘rimsiz bir maxluq emas, chiroyli inson bo‘lib yaralgansiz;
3. Nogiron bo‘lib emas, to‘rt muchangiz sog‘ tug‘ildingiz;
4. Odamlar boshpanasiz yashagan, ibtidoiy davrda emas, hamma sharoit muhayyo bo‘lgan davrda dunyoga keldingiz;
5. Har qadamda dahshatli, zaharli hayvonlar xavf soladigan chakalakzorda emas, mo‘’tadil yurtda tug‘ildingiz;
6. Muttasil jazirama issiq yoki doimo qahraton sovuq hukmron joylarda emas, to‘rt fasl mukammal yurtda tug‘ildingiz;
7. Maxluqqa emas, Xoliqqa sig‘inadigan yurtda dunyoga keldingiz;
8. Qarzlaringiz ko‘p emas (ibodatlaringiz joyida);
9. Ko‘nglingiz xotirjam. Chunki unga Allohning ishqini joylab olgansiz;
10. Etimlikda tug‘ilmadingiz, ota-onangiz boshingiz soyaboni bo‘lib turibdi;
11. Farzandlaringiz soppa-sog‘;
12. Jismingiz sog‘lom, o‘z qo‘lingiz bilan ovqatingizni eysiz, o‘z oyoqlaringiz bilan tanangizni ko‘tarib yuribsiz;
13. Piyoda emassiz, tagingizda ulovingiz bor;
14. Yurtimiz tinch, tunlari xotirjam uxlaysiz;
15. Bekor qolganingiz yo‘q, tayinli ish joyingiz bor;
16. Adashib, uloqib yurganingiz yo‘q, boshingiz sajdada, tilingiz duoda;
17. Mast qiluvchi, aqldan ozdiruvchi narsalardan yiroqsiz, Allohning ishqidan sarxushsiz…

Ko‘rdingizmi, o‘zingizni baxtiyor his qilishingiz uchun qancha sabablar bor. Yana nima kerak sizga…

Damin JUMAQUL

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Er yuzidagi eng baxtli odam – Sizsiz! Ishonmaysizmi?