
Amerikalik va germaniyalik olimlar chekmaydigan, semizlikdan aziyat chekmaydigan, spirtli ichimliklarni me’yorida iste’mol qiluvchi odamlar boshqalaraga nisbatan o‘rta hisobda etti yil ortiqcha umr ko‘rishini aniqladi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Mazkur tadqiqot haqidagi maqola Health Affairs jurnalida chop etilgan. Maqola mualliflari 50-89 yoshli, o‘rta hisobda 4-5 yil uzoq yashagan 14 ming nafar amerikaliklar statistikasini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi. Ekspertlarning fikricha, insonning uzoq umr ko‘rishiga uch omil — semizlik, tamaki chekish va spirtli ichimlik iste’mol qilish) asosiy sabab bo‘ladi va jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Semizlik bolalikdagi nogironlikdan, chekish erta o‘lishdan, spirtli ichimlik iste’mol qilish esa sog‘likning yomonlashuvidan ko‘ra, inson umrining qisqarishiga jiddiyroq ta’sir ko‘rsatadi.
Nafaqat chekmagan, ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan, shu bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilmagan erkaklar boshqalarga nisbatan 11 yil, ayollar esa 12 yil ortiq umr ko‘rishi ma’lum bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar