Yolg‘izlik va ijtimoiy izolyasiya insoniyat uchun semizlikdan ko‘ra kattaroq xavf tug‘diradi. Bunday xulosaga Brigam Yang universiteti olimlari keldi. Ularning fikricha, ushbu omillarning aholiga ta’siri yildan yilga kuchayib bormoqda va milliy muammo hisoblanadi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabat odamning asosiy ehtiyojlaridan biri bo‘lib, u psixologik salomatlik uchun ham, yashash uchun muhimdir. Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 45 yoshdan kattaroq bo‘lgan 42,6 million amerikaliklar surunkali yolg‘izlikdan azob chekadi. 2014 yilgi ro‘yxatga olish natijalari bo‘yicha aholining chorak qismidan ko‘prog‘i yolg‘iz yashaydi, fuqarolarning yarmidan ko‘pi esa turmush qurmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, mustahkam ijtimoiy aloqalar barvaqt o‘lim xavfini 50 foizga kamaytiradi. Aksincha, ijtimoiy izolyasiya yoki yolg‘izlik barvaqt o‘lim xavfini boshqa omillar, shu jumladan, semizlikka nisbatan, ko‘proq oshiradi.
Mutaxassislar fikricha, sog‘liqni saqlash tizimi ijtimoiy aloqalarning aholi salomatligiga ta’sirini hisobga olishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»