Biror ish yoki biznesni boshlashdan avval, inson juda ko‘p marotaba o‘ziga ishonchni yo‘qotadi. Agar ushbu maslahatlar o‘z bo‘lsada ishonchingizni tiklashga va ishingizni yakunlashga kuch bersa, demak maqola foydali bo‘ladi.
Bu mashqlarni bajarish uchun sizga faqatgina ruchka va qog‘oz kerak bo‘ladi.
1. «Nima uchun omadga erishaman»
Qog‘ozni oling va unga shunday deb yozing: «__________ sifatida nima uchun men omadga erishaman?»
Shundan so‘ng, o‘tmish xatolari va kelajak orzularini unutib, faqatgina hozir haqida o‘ylang: Nimalarga qodirsiz, qanday imkoniyatlarga egasiz va nimada iste’dodingiz bor. Savolingizga javob sifatida hamma o‘ylaganlaringizni yozib chiqing.
Keyin esa shoshilmasdan barcha yozganlaringizni o‘qing. Ular rostdan ham omadga erishishingiz uchun sizda bor sabablar. Bu ro‘yxatni o‘qib, o‘zingizga ishonch ortadi. Uni saqlab qo‘yish va tez-tez o‘qishni tavsiya qilamiz.
2. Omadga tayyorlanish
Bu affirmasiya deb ataladi va uni takrorlash yordamida ongni, hayollar va kayfiyatni o‘zgartirish mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda — bu o‘z-o‘zini ishontirish. Masalan, quyidagi kabi gaplarni qog‘ozga tushirib, har kun o‘qishingiz va ro‘yxatni to‘ldirib borishingiz mumkin. Faqat, negativ fikrlardan qoching:
- Orzuimni aytsh va unga erishishga tayyorman;
- Keyingi qadam uchun tayyorman;
- Men diqqat markazida bo‘lishga haqliman, yurakdan yashash va o‘zimni birinchi o‘rinda ko‘ra olaman;
- Men yanada kuchli va aqlli bo‘la olaman;
- Ko‘p pul topa olaman, meni ruhlantiradigan odamlar bilan ishlab, yoqmaydiganlarga rad javobini bera olaman;
- O‘zim xohlagancha yashash huquqiga egaman.
3. Maqsadlar qo‘yish
Har doim keyingi kunda qilishingiz kerak bo‘lgan bitta yoki bir nechta ishlarni yozib boring. Har bir yozilgan ishni tugatib — maqsadlaringizga etayotganingiz haqida o‘ylang.
Yoziladigan vazifalar esa odatiy bo‘lmasligi kerak. Ular sizni komfort hududidan chiqara olsin, ya’ni kundalik turmushdan boshqa — sizni oldinga intiltira oladigan biror vazifa yozishingiz kerak. Yangi, qiyin vazifalar bilan o‘zingizga ishonchni orttirib borasiz.
Vaqt o‘tishi bilan boshida qiyin ko‘ringan ishlarni uddalaganingizni ko‘rib, o‘zingizga ishonch ham ortadi. Endilikda ular sodda bo‘lib qolganini, sizning esa qo‘lingizdan ko‘proq ish kelishini tushunib etasiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar