20:42 / 24.08.2017
5 862

Millionerlarning qanday odatlari bor?

Millionerlarning qanday odatlari bor?
Bir donishmand odam aytgan ekan: «Odatlaringni eksang — xarakterga ega bo‘lasan, xarakteringni eksang — taqdiringga ega bo‘lasan».

Amerikalik tadqiqotchi Tomas Korli besh yil davomida boy odamlarning odatlarini, fikrlash xususiyatlarini, o‘zlarini tutishlarini o‘rganib chiqdi va juda qiziqarli xulosa chiqardi: boylik boy odamlarni kambag‘allardan ajratib turuvchi odatlarga qaraganda juda kam darajada omadga bog‘liq ekan.

Millioner bo‘lgan odamlarning 63 foizi ota-onalarining qistovlari bilan bolalikda bir oyda 2 ta va undan ortiq badiiy bo‘lmagan kitoblarni o‘qigan.

82 foiz boy odamlarda o‘zlari intilgan orzulari bo‘lgan.

63 foiz boy odamlar internetdagi ermaklar uchun bir kunda bir soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtlarini ajratgan, shuningdek bunday mashg‘ulotlarga 74 foiz kambag‘allarning ancha ko‘proq vaqtlari sarf bo‘lgan.

63 foiz boylar safarga chiqish vaqtida audiokitoblar eshitgan.

Bo‘lg‘usi millionerlarning hammasida maslahatgo‘y murabbiylari bo‘lgan va ular bu maslahatlarga amal qilgan. Kambag‘allarda esa bunday murabbiylar bo‘lmagan.

Muallifning xulosasiga ko‘ra, kambag‘allik ma’lum darajada – bu oilada poydevor qo‘yiladigan va ota-onalardan o‘rnak bo‘ladigan ruhiy holat, boylik esa, bunday odamlarning fikricha, omadi kelishining natijasi hisoblanadi.

Lekin o‘z bolalarining kambag‘al bo‘lib qolishlarini istaydigan ota-onalar bo‘lmasa kerak. Mana ota-onalar uchun ularning bolalariga muvaffaqiyatli va boy bo‘lishlariga yordam beruvchi bir necha maslahatlar:

Bolangizga har doim Internetda yoki televizor oldida o‘tirishga ruxsat bermang, videoo‘yinlar uchun vaqtni chegaralang.

Farzandingiz hech bo‘lmasa bir oyda bitta badiiy bo‘lmagan kitob o‘qishiga erishing, keyin esa u bilan kitobning mazmunini muhokama qiling.

Farzandingiz bir kunda 20-30 daqiqa vaqtini sport bilan shug‘ullanishga sarf qilishiga e’tibor bering.

Bolaga pulni to‘g‘ri sarflashni va o‘z vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgating.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Millionerlarning qanday odatlari bor?