Niyat qalb amalidir. U har bir ishimizning boshi, ham oxiri. Axir amallarimiz niyatlarimizga qarab baholanadi. Shuning uchun niyatni yaxshi qilaylik. Bu haqida Darakchi.uz da berilgan.
Aka-uka otalaridan qolgan hovlida kun kechirishardi. Bir tushunmovchilik sabab oralariga sovuqchilik tushdi, gaplashmay qo‘yishdi. Kunlar o‘tgani sari o‘rtadagi jarlik kattalashib borardi. Oxir-oqibat hovlining qarama-qarshi tomonlariga uy solib yashay boshlashdi.
Bir kuni akaning eshigi taqilladi. Ostonada katta yoshlardagi odam turardi:
— Men ustaman, ish qidirib yuribman. Balki hovlingizda menbop yumush topilib qolar, — dedi.
— Ha, albatta! Hovlini kesib o‘tgan ariqni ko‘rayapsizmi? O‘tgan haftada ukam kavlatdi, o‘zicha hovlini ajratib, yerni chegaralab qo‘ydi. Bu yerda yetarlicha taxta bor, — dedi omborxonasiga ishora qilib. — Siz hovlini butkul ajratish uchun o‘sha ariq bo‘ylab to‘siq qurib bering.
Usta darhol ishga kirishdi. Taxtalarni olib chiqdi, o‘lchab kesdi, randaladi. Bu orada ohorli kiyimlarini kiyib olgan aka so‘radi:
— Men bozorga ketayapman. To‘siq uchun yana biror narsa kerak emasmi?
— Rahmat, hamma narsa yetarli, — javob berdi usta.
Kechga yaqin shahardan qaytgan akaning jahli chiqdi. Chunki usta ariq ustiga ko‘prik qurib qo‘ygandi.
— Men sizga to‘siq quring, degandim-ku! — dedi g‘azab bilan ustaga qarab.
Usta javob berishga og‘iz juftlagandi, uyidan chiqib ko‘prikni ko‘rgan uka ular tomonga yura boshladi. Akasining xohishi bilan qurildi deb o‘ylab, xursand bo‘lgan uka shoshib ko‘prikdan o‘tdi va akasini quchoqladi. Ariq qazitgani, qo‘pol muomalasi uchun uzr so‘radi. Birpasda ikkovlari suhbatga kirishib ketishdi. Bu orada anjomlarini yig‘ishtirib, ketishga hozirlanayotgan ustaga «Shoshilmang, mehmonimiz bo‘ling», deb taklif qildi aka. U esa:
— Rahmat, qololmayman. Men hali juda ko‘p ko‘priklar qurishim kerak, — dedi tabassum bilan…
Nigora NE’MAT qizi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda