Olimlar bosh miya faoliyatini yaxshilashning samarali usulini topdi

Olimlar bosh miya faoliyatini yaxshilashning samarali usulini topdi
Finlandiyaning Aalto universiteti va Xelsinki universiteti tadqiqotchilar guruhi transkranial magnitli stimullash vositasida miya faoliyatini yaxshilashni uddalashdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Olimlar tajriba davomida qisqa magnit impulslari yordamida neyronlarni uyg‘otish yo‘li bilan metakognitiv jarayonlarga ta’sir qilishdi. Bu esa, tajribada qatnashganlarga taktil yodda saqlash bo‘yicha ba’zi vazifalarni bajarish imkonini berdi.

Metakognitiv jarayonlar yoki metatanish deb insonlarning o‘zini boshqara olish jarayonlari: xotiraning turli ko‘rinishlari, diqqat, hayajon, qarorlar qabul qilishni nazorat qilish va kuzatish xususiyatiga aytiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar