14:02 / 04.09.2017
17 407

Baxtli bo‘lishning 10 ta siri

Baxtli bo‘lishning 10 ta siri
Baxtsiz bo‘lish oson, biroq chinakam baxtga erishish uchun yetarlicha harakat qilish va yon atrofingizdagilarga yaxshilik tilash lozim.

Nimagadir odamlarga baxtsiz bo‘lish osondek tuyuladi, shu sababli ko‘pchilik har yerda yolg‘on, xiyonat va soxtalikni ko‘radi. Biz kuchimizga ishonishni istamaymiz va ko‘pincha yig‘laymiz, noliymiz, bu bilan o‘zimizga baxtsizlikni chorlaymiz.

Haqiqatan ham baxtli bo‘lish qiyinmi? Bu savolga javob berish juda oddiy deb o‘ylaysizmi, axir biz murakkab javoblarga o‘rganib qolganmiz. Ortiqcha oddiylik bizni chalg‘itadi va negadir qo‘rqitadi ham.

Baxtli inson bo‘lish uchun quyidagi hayotiy qoidalarga amal qilishga intiling.

1. O‘tmishda bo‘lgan muammolarni unuting.
O‘tib borayotgan umringiz davomida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yganmisiz va endilikda ular tufayli o‘zingizni jazolamoqchimisiz? O‘tmishsiz kelajak yo‘qligini unutgan ko‘rinasiz. Biz yo‘l qo‘yadigan xatolar hayotiy tajriba uchun juda muhim. Ularsiz hayot qiziqarli emas. Masalaga boshqa tomondan qarasak, o‘tmishni to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Shunday ekan, butun diqqat-e’tiboringizni ayni damga va kelajakka qarating.

2. Har bir odam o‘z hayoti uchun mas’ul.
Baxtli bo‘lish uchun tanlash erkinligi va qaror qabul qilishda dadillik juda zarur. Ilojsiz vaziyat bo‘lmasligini va odamlar uchun imkonsiz narsalar kamligini unutmang. Nimadir o‘xshamasa, muammolarga sababchi aybdorni qidirishga harakat qilmang. Ayniqsa, turmush o‘rtog‘ingizni ayblashga shoshilmang. Mas’uliyatni his qilib, oldinga qarab qadam tashlang.

3. Munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan qo‘rqmang.
Boshqa odamlar bilan munosabatlar tufayligina biz sevib, sevilishimiz mumkin. Atrofdagilar bilan muloqot qilish, do‘stlashish ko‘plab his-tuyg‘ularni boshdan kechirish imkonini beradi.

4. Orzularga beriling va qiziqing.
Qiziqishlaringiz doirasini kengaytiring. Go‘zal xayollarga berilishdan cho‘chimang. Orzular olamiga g‘arq bo‘ling. Oldingizga katta maqsadlarni qo‘yib, unga dadil qarab intiling.

5. Fe’l-atvor bu baxtning asosidir.
O‘zingiz va boshqalarga ishonishini o‘rgansangiz, o‘zaro muvofiqlikni his qilasiz.

6. O‘zingizga ishoning.

Kuchingizga ishoning. Qanday bo‘lsangiz shundayligingizcha qoling. Birovlar uchun yashamang. Odamlar siz qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishlari va hurmat etishlariga ishoning.

7. Boriga shukur qiling va qadrlang.
O‘zingizda yo‘q narsani ko‘rishdan ko‘ra, borini his qilish osonroq. Ba’zida qadriga yetishimiz uchun yo‘qotishimizga ham to‘g‘ri keladi. Ana o‘shanda hamma narsani borida qadrlash lozimligini tushunib yetamiz.

8. Yaxshi narsalar haqida o‘ylang.

Joy, vaziyat insonni baxtli yoki baxtsiz qila olmaydi. Faqatgina aql-salohiyat qanday inson ekanligimizni his etishimizga yordam beradi. Har doim yaxshi narsalar haqida o‘ylang. Bo‘lar-bo‘lmas xayollarga bormang, salbiy o‘y-xayollarni o‘zingizga yaqinlashtirmang. “Nimaiki bo‘lmasin, yaxshilikka” degan qoidaga ishoning.

9. Nafsingizni jilovlang.
Izzat-nafs quliga aylangan paytingizda baxt qushini uchirib yuborishingizni unutmang. Iste’dod, bilim va imkoniyatingizni haqqoniy baholang.

10. Yashash naqadar lazzatli ekanligini unutmang.
Har bir o‘tayotgan kun uchun quvonishni o‘rganing. O‘tayotgan kuningizning har lahzasini unumli o‘tkazish va bayram qilish esa o‘z qo‘lingizda.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxtli bo‘lishning 10 ta siri