
Kun davomidagi a’lo kayfiyatingizni ta’minlolmasligingizning sababi, bu — o‘zingizga omadsizman, degan tamg‘ani bosganingizdadir. Sizning omadsizligingizga taqdir yo biron inson sababchi bo‘lmaydi. Bunga faqat va faqat o‘zingiz aybdorsiz! Nega deysizmi? Chunki «Omadsizman» deb qo‘l qovushtirib o‘tiribsiz-da! Quyidagi kamchiliklaringizni bartaraf qilsangiz, albatta, omad qushi sizni chetlab o‘tmaydi.
1. Hayotda aniq maqsadingiz yo‘q. Agar hech narsaga xohish bo‘lmasa, qanday natijaga erishish mumkin?
2. Fe’l-atvordagi nuqsonlar. Boshqalarga yoqimli bo‘lish uchun o‘zingizdagi qaysidir odatdan voz kechishni istamaysiz.
3. Ichki tartib va xohish kuchining yo‘qligi. Axir "o‘zingni yenga olmasang — o‘zingga yengilasan".
4. Oyning yorug‘ bo‘lgan o‘n beshini kelishini kutib o‘tiraverish kishini boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadi.
5. Kasbni noto‘g‘ri tanlash.
6. Sabrsizlik. Boshqalarning fikri bilan hisoblasha olmaslik.
7. Omadsizlik va tanqiddan juda qo‘rqish yoki o‘ta ehtiyotkorlik.
8. Fikrlashda erkinlik yo‘qligi.
9. O‘z omadsizliklarida boshqalarni va taqdirni ayblash odati.
10. Isrofgarlik. Pul ishlatishni bilmaslik.
11. Ichki quvvatni tiklashni va sarflashni bilmaslik.
12. Yaxshilab o‘ylab olish, zarur faktlarga befarqlik. Tahlil o‘rniga bashorat qilib o‘tirish.
13. Hammasiga birdan erishish istagi.
14. Nosog‘lom muhit va uning yomon ta’siri.
Manba: darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar