12:20 / 23.09.2017
8 144

Olimlar uyqusizlikning asosiy foydasini aniqlashdi

Olimlar uyqusizlikning asosiy foydasini aniqlashdi
Amerikalik psixologlarning aniqlashicha, uyquning yo‘qolishi tushkunlik bilan kurashda yordam beradi. Maqola The Journal of Clinical Psychiatry nashrida e’lon qilindi, deb yozadi Kun nashri.

Olimlar 66 ta mustaqil tadqiqotni statistik tahlildan o‘tkazishib, uning davomida uyqusizlikning tushkunlikka ta’siri o‘rganildi. Tegishli ilmiy izlanishlar PubMed va PsycINFO ma’lumotlar bazasida “uyquning yo‘qolishi” va “tushkunlik” muhim so‘zlari yordamida qidirildi. Tadqiqot, agarda mualliflar uyquning yo‘qolishini tushkunlik holatining ehtimoliy terapiyasi sifatida amaliyotda qo‘llashgan bo‘lsa, tahlil to‘plamiga kiritildi.

Ma’lum bo‘lishicha, uyquning butunlay yoki qisman buzilishi tushkunlik holati asoratlarini yengillashtirgan, bu, psixologlarning fikricha, shunday “terapiya” samarali ekanini tasdiqlaydi.

Avvalroq amerikalik tibbiyotchilar tizimli ravishda uyquga to‘ymaslik qandli diabet va yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarda insult tufayli hayotdan ko‘z yumish ehtimolini oshirishini aniqlashgandi. Mutaxassislar bunday bemorlarga bir sutkada kamida olti soat uxlashni tavsiya qilishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar uyqusizlikning asosiy foydasini aniqlashdi