12:34 / 29.09.2017
14 906

Tug‘ruqdan keyin qorinni ketkazishning 5 usuli

Tug‘ruqdan keyin qorinni ketkazishning 5 usuli
Homilodorlikda gormonal o‘zgarishlar tufayli qorin va belda ortiqcha yog‘ to‘planishi kuzatiladi. Tug‘ruqdan keyin undan xalos bo‘lish uchun esa yosh onalardan biroz harakat va qunt talab etiladi. Chunki bu muammoni parhez, dori vositalari yoki «sehrli» o‘tlar yordamida hal etishga uringanlar chaqaloqqa ziyon yetkazishlari hech gapmas. Keling, yosh onalar bu katta muammosiga birga yechim izlaymiz!

Bandajlar

Tug‘ruqdan keyin foydalanishga mo‘ljallangan maxsus bandajlar qorinning bo‘shashgan mushaklarini avvalgi holiga qaytarishga yordam beradi. Shifokor maslahatiga ko‘ra, tug‘ruqdan so‘ng birinchi kundan boshlab, kuniga 10 soatdan 2 oy mobaynida foydalanish lozim. Ha, aytgandek, bunday bandajlarni chalqancha yotgan holda kiyish samaraliroq hisoblanadi. Ulardan foydalanmagan vaqtda esa qorinni tortib yurish maqsadga muvofiq.

Uqalash

Tug‘ruqdan keyin ham qomatim raso bo‘lib qolsin, degan ayol qorinni muntazam uqalashi zarur. Demak, turgan holatda kaftning yon tomoni bilan qoringa yengil zarbda urish lozim. Bunda qo‘llar ketma-ket harakatlanishi juda muhim. Mashqni bo‘sh qolganingizda besh daqiqa davomida kuniga bir necha marta takrorlab tursangiz, hash-pash deguncha ortiqcha «muammo»dan qutulasiz. Bundan tashqari, suv bug‘ida biroz eritilgan asal yordamida qorinni soat mili yo‘nalishida uqalash ham juda foydali.

O‘rash

150-200 gr. kosmetologiyada foydalaniladigan ko‘k tuproqqa iliq suv solib bo‘tqa holiga kelguncha aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan aralashma qorin sohasiga surtilib, bir soatga yopishqoq selofan bilan o‘rab qo‘yiladi. So‘ng yuvib, teriga yumshatuvchi krem surtib qo‘yish lozim. Muolajadan ikki soat avval va undan ikki soat keyin yegulik tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Uni kunora 10-15 marta bajarish yaxshi samara beradi. Biroq onkologik, buyrak, qandli diabet, yurak xastaliklarida muolaja tavsiya etilmaydi.

Jismoniy mashqlar

Yodingizda bo‘lsin, tug‘ruqdan 6-8 hafta o‘tgachgina, jismoniy mashqlarni bajarishga ruxsat etiladi.

1-mashq (rasmi bor)

15 soniya suratda ko‘rsatilganidek turib, so‘ng tizzalarni bo‘shashtirib, 5 soniya dam olinadi. Mashqni 10 marta takrorlash kerak.

2-mashq

Chalqancha yotib, yelka va oyoqni imkon qadar yuqoriga ko‘tarish lozim. 15 soniyadan keyin qoringa o‘girilib, yana 15 soniya shu holda turiladi. Mashqni 7-10 marta bajarish lozim.

3-mashq

Chalqancha yotib, qo‘llarni yonga qo‘yiladi. So‘ng tizzalarni bukib, tovonlar bir-biriga tekkiziladi. Endi oyoqni imkon qadar yuqoriga ko‘tarish kerak. Mashqni 15-25 marta bajargach, yengil tin olsangiz bo‘ladi.

Nafas mashqi

Tongda och qoringa 1 stakan iliq suv ichib, so‘ng stulga o‘tiring. Umurtqani rostlab, 5-10 daqiqa qorin bilan nafas oling. Bu mashq nafaqat ortiqcha yog‘lardan, balki tug‘ruqdan keyingi qorin dam bo‘lishidan ham xalos etadi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tug‘ruqdan keyin qorinni ketkazishning 5 usuli