11:41 / 30.10.2017
11 358

Uyquga to‘ymas bo‘lib qoldingizmi?

Уйқуга тўймас бўлиб қолдингизми?
Ko‘pchiligimizga ma’lumki, chiroyli tashqi ko‘rinish eng avvalo sog‘lom tanaga bog‘liq. Shu sabab chiroydan avvalsalomatlik haqida bosh qotirish kerak. So‘nggi paytda ko‘plar chiroyli qomatga erishish, sog‘lom bo‘lish uchun ham yetarlicha uxlashi kerakligi haqidagi tavsiyalarni eshitamiz.

Lekin oramizda to‘yib uxlolmaydiganlar talaygina. 8 soatlik uyqudan keyin ham charchoq bilan uyg‘onish hozirda sir emas. Zamonaviy texnika, o‘ta tezlashib ketgan hayot ritmi ham keraklicha va eng muhimi yaxshi uxlashga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi maqolamizda esa ana shu uyquga to‘yish borasidagi kerakli tavsiyalarga to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.

Uyqudan avval gadjetlarni chetga surib qo‘ying
Kompyuter va smartfonlarning ekranidan taralayotgan ko‘k rang tananing uyquga kirishishiga halaqit beradi. shu bois to‘yib o‘xlab olmoqchi bo‘lsangiz, uxlashga yotishdan 2 soat avval barcha texnika, televizor, kompyuter, smartfon va telefonlarni chetga surib qo‘ying.

Tushlikdan so‘ng qahva ichmang
g‘ahva tarkibidagi kofein ichilganidan keyin 5-6 soat tanaga ta’sir etishda davom etar ekan. Shu bois tushlikdan keyin qahvani chetga surib qo‘yganingiz ma’qul.

Ertalablari bir vaqtda uyg‘oning
Tartib har ishda muhim bo‘lgani kabi, uyquda ham yaxshi. Vaqtingiz bemalol bo‘lib har doim har xil paytda uyg‘onishga odatlangan bo‘lsangiz bu odatingizni tashlab, bir xil paytda uyg‘onishni o‘zingizga odat qiling.

Yorug‘likni nazorat qiling
Olimlarning ta’kidlashicha, odam kam yorug‘likda uyquga ketib, tabiiy yorug‘likda uyg‘onishi kerak ekan. Bu tavsiyamiz chiroqni yoqib uxlaydiganlar uchun.

Uyqudan uch soat avval ovqatlanmang
Ovqat hazm bo‘lishi uchun bir necha soat vaqt ketadi. Shu bois uyquga ketishdan uch soat oldin biror narsa iste’mol qilishni to‘xtating. Aks holda, taom organizmingizda hazm bo‘lmay, ortiqcha yog‘larga aylanadi va sizning xotirjam uxlashingizga ham xalaqit beradi.

Ertalabki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning
Kechki payt jismoniy tarbiya qiladiganlarga tavsiya. Kechki badantarbiyadan so‘ng organizm sovushga ulgurmaydi. Bu esa yuqorida aytib o‘tganimizday yaxshi uxlay olmasligingizga sabab bo‘ladi. Shu bois ertalablari ozgina erta turib, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga erinmang.

Yuqoridagi tavsiyalarning bari ilmiy tekshirishlar natijasida tuzilgan. Uyquga befarq bo‘lmaslikni tavsiya etgan bo‘lardik. Sababi uyquga to‘ymaslik uzoq vaqt davom etsa jiddiy xastaliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

XOLIDA tayyorladi


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyquga to‘ymas bo‘lib qoldingizmi?