O‘zbekiston va Afg‘oniston qator hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi doirasida amalga oshiriladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Ma’lumki, Afg‘oniston davlat rahbari noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi buyurishi haqida avval xabar berilgan edi.
Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi rasmiy vakili Sayam Pasarlayning aytishicha, mazkur tashrif chog‘ida O‘zbekiston va Afg‘oniston 16 ta anglashuv memorandumini imzolaydi.
Bu hujjatlar orasida Mozori Sharifdan Hirotga va Mozori Sharifdan Qunduzga cho‘ziladigan temir yo‘lini qurish bo‘yicha memorandum ham bor. Ushbu loyiha Afg‘onistonning 4 mintaqasidan o‘tadi.
O‘zbekiston esa bu loyihadan manfaatdordir, deb yozadi nashr. Afg‘oniston temir yo‘l ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Abdulboriy Siddiqiyning qayd etishicha, loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning bevosita Eron portlariga chiqish imkonini beradi.
Loyiha O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Eron va Xitoy o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlashni kuchaytiradi.
Imzolanishi kutilayotgan hujjatlar, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tranzit va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish borasidagi muammolarni hal etishga turtki beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi