23:34 / 14.11.2017
26 128

… 78-54 abonenti (yosh qiz)ning javobi: «Menga nima deysiz? Undan ko‘ra eringizni yig‘ishtirib oling!»

… 78-54 abonenti (yosh qiz)ning javobi: «Menga nima deysiz? Undan ko‘ra eringizni yig‘ishtirib oling!»
— Xiyonat degan so‘zdan hamma hayiqsa kerak. Chunki oilada kimdir xiyonat yo‘liga kirdimi, uning ziyon-zahmi shu oila uchun juda og‘ir kechadi. Men ba’zida tushunmayman, nega yosh qizlar o‘z-o‘ziga jabr qilyapti?!

Erim bilan sevishib turmush qurganmiz, ikki farzandimiz bor. Ikkinchi farzandimiz tug‘ilishi arafasida erim bir qizga ilakishib qoldi. Erim-ku, mayli, men o‘sha qizga hayron qoldim. Chunki u erimning oilali va bola-chaqasi borligini bilardi.

Ikkinchi farzandimiz tug‘ilgandan keyin bu sirdan ogoh bo‘ldim va qizni topib, u bilan gaplashdim. Undan nega bunday qilayotganini so‘radim. Ishonsangiz, u pinagini ham buzmay: «Menga nima deysiz? Undan ko‘ra eringizni yig‘ishtirib oling!» dedi.

Unga javoban: «Menga qara, qizaloq, sen o‘zingni yig‘ishtirib ol. Erimning yo‘rig‘i boshqa, ammo senga o‘xshaganlarning sho‘riga sho‘rva to‘kilib, sharmanda bo‘lganing qoladi. Esing borida etagingni yop», dedim-u, uyga qaytdim. To‘g‘risini aytsam, o‘sha qizning oldida bo‘g‘ila boshlaganimdan undan yiroqlashdim.

«Nahotki qizlarda sharm-hayo qolmadi? Nahotki ularning orzu-niyatlari bo‘lmasa?! Axir ularning o‘zi ham ertaga bir oilaning bekasi bo‘ladi-ku?! Bu qizlarning hammasi ham ota-onasiz emasdir? Ana o‘sha ota-onalarning ko‘zi qayoqda? Nima uchun ular bu yoshda ko‘chaga chiqib ketishdi?»

Mana shu savollar girdobida uyimga qaytarkanman, Xudoga shukr qildim. Chunki ota-onam vaqtida tergab, to‘g‘ri tarbiya berganiga va shu sabab haqiqiy baxtga yetishganimga.

Ayni damda erim bu voqeadan xabar topdimi yoki Xudo insof berdimi, bilmadim, xullas, qing‘ir yo‘lidan qaytdi. Shunday bo‘lsa-da, hamon shubhayu gumonlar ichidaman. Menga maslahat bering, erim bilan bu borada gaplashib olaymi yoki indamay yashayveraymi?
… 78-54 abonenti

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » … 78-54 abonenti (yosh qiz)ning javobi: «Menga nima deysiz? Undan ko‘ra eringizni yig‘ishtirib oling!»