Bizni hayotimiz davomida turli falokatlar favqulodda chetlab o‘tsa, xursand bo‘lamiz, xudoga shukr qilamiz. Juda to‘g‘ri. Shukronalikdan Yaratgan egam rozi bo‘ladi. Ammo mutaxassislar shu o‘rinda bir gapni aytishadi. Ularning fikricha, falokatlardan chetda qolganda, jonimiz omon qolgan mahal xudoga shukr qilish bilan bir qatorda qo‘riqchi farishtamizga ham minnatdorchilik izhor qilib qo‘yishimiz kerak ekan. Qo‘riqchi farishta ham Yaratganning buyrug‘iga ko‘ra, har bir bandaga biriktirilgan ekan va ularga qancha tashakkur izhor etsak, shuncha qudrati ortib, yorqinlashib boraverarkan.
Qo‘riqchi farishtalar, ayniqsa go‘daklarning jonini asrashda tengsiz. Din peshvolari, yetuk mutaxassislarning gapiga qaraganda, Olloh begunoh go‘daklarga o‘ta so‘ngsiz qudratga ega farishtalarni qo‘riqchi etib saylarkan. Shuning uchun ham aksar holatlarda go‘daklarni hatto o‘lim ham chetlab o‘tarkan.
— Qo‘riqchi farishta insonni hamisha to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi, — deydi mutaxassislardan biri. — Astoydil xudodan so‘rasa, farishta iblisni haydab solar darajadagi qudratga ega bo‘ladi. Faqat xudodan tilashda bir og‘iz farishtamizga ham minnatdorchilik bildirib qo‘yishimiz zarur ekan. Avvalo xudo, qolaversa, qancha ko‘p, tez-tez farishtamizga murojaat etib, tashakkurlar izhor etsak, noshukr bo‘lmasak, u Yaratgan Ollohning qudrati bilan bizni kerak bo‘lsa, o‘limlardan, og‘ir xastaliklardan asrarkan va biz xudoyimning nazariga yaqinligimizcha qolarkanmiz.
Iloho, hech kimni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin! Ollohning nazaridan qoldirmasin! Farishtalar e’tiboridan chetlarda qo‘ymasin!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi