QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
UMUMIY TA’RIF
Ko‘pchilik qo‘y burji vakillari eski 2017 yilni ko‘zlarida yosh bilan kuzatishadi. Chunki sizga 2017 yil har jabhada muvaffaqiyatlar, yoqimli lahzalarni hadya etdi. Ammo 2018 yil — Sariq zamin it yili ham sizni ranjitmoqchi emas, ishonavering. U hali boshlanmay turib siz uchun kutilmagan sovg‘alar, ishqiy sarguzashtlar va mo‘may daromad va’da qilmoqda. Agar siz 2018 yilga chin dildan ishonsangiz, shunday ishonch bilan uni qarshi olsangiz, eng ezgu orzularingiz haqiqatga aylanadi.
Fevral oyiga qadar eski yil vaziyatni nazorat qila boradi. Shuning uchun qo‘y burjida tavallud topganlar xotirjamlik bilan boshlagan ishlarini davom ettirishlari tavsiya etiladi. Mart oyidan esa astoydil yangi ishlarni bajarishga kirishishingiz lozim bo‘ladi. Faqat dangasalik qilmang. Sariq it yili dangasalarni sira xush ko‘rmaydi.
Barchaga ma’lumki, it juda sodda va mehribon, jonkuyar, sadoqatli jonivor. Demak, siz qaysi sohada faoliyat yuritmang, raqobatchilarga qarshi keskin kurash olib borsangiz bo‘ladi. G‘alaba siz tomonda bo‘ladi. San’at, ijod va bunyodkorlikdagi iste’dodingizni barchaga ko‘rsatib qo‘yish uchun bir olam imkoniyatlar yaratib beriladi. Ko‘pchilik qo‘y burjida tug‘ilganlar o‘z biznesini boshlashi kutiladi. Kimlardir shoirlikka havasi ortib juda ajoyib satrlarni qog‘ozga tushira boshlaydi. Tadbirkorlikni endigina, it yilida boshlaganlar yoz avvaliga kelib yangi-yangi hamkorlar bilan foydali shartnomalarni imzolay boshlashadi.
Qo‘y burji vakili 2018 yili muhabbat dengizida bearmon suzishi kutilmoqda. Shunday ekan, hali oila qurmaganlar bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshini albatta shu yili topadi. Siz cheksiz orzular va ehtiroslarga to‘lib-toshasiz. Ba’zilar yaqin o‘tmishda munosabatni uzgan suyukli insoni bilan boshqatdan munosabat bog‘laydi. Bu munosabat esa juda mustahkam kechishi kutilmoqda. Asosiysi, faqat his-tuyg‘ularga asir bo‘lgan holda ish tutib qo‘ymasangiz bas. Chunki ba’zilar tuyg‘u ta’sirida aldanib, chuv tushib qolishi ham hech gap emas.
Kuzga qadar qo‘y burji vakillarining yo‘lida jiddiy muammolar ko‘ndalang bo‘lmaydi. Pulga ham siz zoriqish sezmaysiz. It yili sizga shunday moliyaviy to‘kinlik va’da qilmoqdaki, bu pullar bilan Marsga uchsangiz ham yarashadi.
Qish mavsumida ham sizni bir talay muvaffaqiyatlar kutadi. Puldan, issiq kiyimlardan qiynalmaysiz.
2018 yil davomida uy-joyni kengaytirish, sharoitni yaxshilash bobida miyangizga ajoyib g‘oyalar quyilib kelishi kutiladi. Lekin qaysar bo‘lsangiz, bu yil siz uchun yengil kechmasligi mumkin. Yaxshisi, vaziyatga qarab ish tuting, o‘zgalarning fikrlari bilan ham hisoblashing. Yangi tanishuvlarga jiddiy yondashing.
Yoz o‘tgach, ko‘pchilik qo‘y burjida tug‘ilganlarning daromadiga daromad qo‘shiladi, ba’zilar yuqori lavozimlarga egalik qiladi.
MUHABBATI
Agar oila qurmaganlar eski yilda kim bilandir shunchaki do‘stlik rishtalarini bog‘lagan bo‘lsa, 2018 yili bu muhabbatga aylanishi mumkin. Faqat emotsiyani, jahlni jilovlay olishingiz kerak. Bu ikki narsa tanlaganingiz bilan janjallashib qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin. Yaqinlaringizning holidan xabar olib, ularga ham mehr ko‘rsatishdan tiyilmang.
2018 yili ayrim do‘stlarimiz jufti yoki tanlagani bilan munosabatlarda muammolarga ham duch kelishi ehtimoldan xoli emas. Muammo qachonki siz juftingizni o‘ta passiv deya hisoblay boshlasangiz, unga pastroq nazar bilan boqa boshlasangiz yuzaga kelishi mumkin.
2018 yili muhabbat masalasida o‘zgalar maslahatiga quloq tutmang. Munosabatlarni o‘z ichki va tashqi imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘ying. 2018 yil oxirida oila qurishga ulgurmaganlarning aksariyati to‘y taraddudida yelib-yugura boshlashadi. Baxtli bo‘ling!
OILASI
Oilalilar uchun 2018 yil tom ma’noda baxtli va quvonchli kechadi. Oradagi munosabatlar xilma-xilligi, jozibaliligi bilan sizni quvontiradi. Sadoqat va bir-biringizga bo‘lgan ishonch munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Agar juftingiz mavqeini oshirish harakatiga tushsa, siz unga albatta yaqindan yordam ko‘rsatishingiz zarur bo‘ladi. Sizga sadoqati cheksiz, hurmati bisyor juftingizni tez-tez maqtab, ko‘nglini ko‘tarib turishni ham unutmang. Yoshi ulug‘ qarindoshlar holidan xabar olish ham 2018 yilning asosiy talablaridan biridir.
Yil davomida oilangizda farzand dunyoga kelishi bilan bog‘liq kutilmagan sovg‘a ham kutiladi. Demak, siz yil boshidayoq chaqaloq uchun zarur kiyimlarni xarid qilishingiz talab etiladi. Ba’zilar ro‘zg‘oridagi kemtiklardan arz qila boshlashi mumkin. Arz-hol paydo bo‘lmasligi uchun esa hayotga optimistik nazar bilan boqishga o‘rganishingiz kerak.
SALOMATLIK
Sariq it salomatlik uchun o‘ta zararli va xavfli narsalarni yoqtirmaydi. Demak, 2018 yil boshidayoq zararli odatlarni tashlashingiz kerak.
Hozirdanoq 2018 yil uchun qo‘shimcha kuch-quvvat yig‘ib, ularni ezgulik uchun sarflash haqida qayg‘ura boshlasangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Sport, tanani turli yo‘llar bilan chiniqtirish, gimnastika, immunitetni ko‘tarish kabilarni ham unutib qo‘ymasligingiz lozim. Sifatli va tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni iste’mol qiling. It yili chips, gamburger, og‘ir hazm bo‘luvchi taomlarni xushlamaydi.
Umuman aytganda, qo‘y burji vakillarining salomatligi 2018 yili tobida bo‘ladi. Gul terapiyasi, yoga, autotrening kabilar bilan tez-tez shug‘ullansangiz, ruhiyatingiz yil davomida tetik bo‘lishiga erishasiщ. Ko‘proq mumtoz musiqalar tinglash, teatrga borish ham ruhiyatni ko‘tarinki tarzda ushlab turuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Uyquga to‘yish, tez-tez, kam-kamdan ovqatlanish, ish jarayonida dam olish ham salomatlikka ijobiy ta’sir etmay qolmaydi. Internetda tuni bilan o‘tirish tavsiya etilmaydi. Bu salomatligingiz favqulodda pand berishini ta’minlaydi.
MARTABA VA MOLIYaVIY AHVOLI
2018 yili mavqeni oshirish masalasida ancha-muncha pul sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Moliyaviy ahvolingiz bunga bardosh bera oladi. Yil davomida salomatlikni tiklash, ro‘zg‘or tashvishlariga pul sarflaysiz, lekin kissangiz pulsiz qolmaydi inshoolloh. It yili hech qachon sizning pul tarafdan qiynalib qolishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Daromad yetarlicha bo‘ladi. Faqat tejamkorlikka alohida e’tibor qaratsangiz bas.
Agar sizdan qarz olib uzoq vaqt qaytarmay yuradiganlar bo‘lsa, keyingi gal ularga qarz berishni bas qila qoling. Mabodo yaqinlaringiz uchun pul sarflashga qaror qilsangiz, bu ishni aql bilan amalga oshiring.
Qo‘y burjida tug‘ilgan erkaklar kecha-yu-kunduz ishlab, oilaviy pul zahirasini yanada mustahkamlash harakatida bo‘lishadi. Tadbirkorlar ham it yilida katta miqdordagi foydali shartnomalarni imzolab, yil to‘kin-sochinlikda o‘tishini ta’minlab olishadi.
Pulingiz ko‘paysin! Omad sizni 2018 yilda hech qachon tark etmasin! Baxtli bo‘ling! Xushvaqt bo‘ling! Hammavaqt bo‘ling!
(Keyingi 2018 yil uchun yulduzlar bashorati Buzoq burji vakillariga bag‘ishlanadi)
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi