21:44 / 20.11.2017
32 681

Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Qisqichbaqa burji vakillarini nimalar kutmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Qisqichbaqa burji vakillarini nimalar kutmoqda?
2018 yil — It yili qisqichbaqa burji vakillarini jiddiy muammolardan himoya etishga va’da beradi. Bundan tashqari, 2018 yil fevralida sizni bir talay kutilmagan sovg‘alar qarshi olishi ehtimoldan xoli emas.
Mart oyi boshida ishxonada rahbarlarning qo‘shimcha hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lish bilan birga o‘zingiz ham bir chetda tijoratingizni ochishingiz kutiladi. Umuman, bahor fasli professional kasbingiz doirasida a’lo darajada kechadi. Faqat erishgan muvaffaqiyatlaringizni duch kelgan odamga dasturxon qilishdan tiyiling.
May oyida ham ishlaringiz o‘ngidan kelishda davom etadi. Ayrimlar moliyaviy ahvoli juda yaxshiligidan olis o‘lkalarga sayohatga otlanishlari ham mumkin. Ijodkorlar ishga ko‘miladi. Miyasiga yangi loyiha va g‘oyalar shu qadar ko‘p quyilib keladiki, go‘yo dunyodagi barcha mukofotlar ularniki bo‘ladi.
Shaxsiy hayotingiz ham risoladagidek kechadi. Qarindoshlar bilan orangizda nifoq ko‘zga tashlanmaydi. Ba’zi do‘stlarimizning xonadonida chaqaloq dunyoga kelishi ham haqiqatga yaqin.
Oila qurmaganlar yil davomida nihoyat o‘zi orzu qilgan insonni uchratib tanishadi. Ish romantik munosabatlargacha borib yetishi ham mumkin.
Kuz fasli qisqichbaqa burji vakillari uchun xayrli kechadi deb bo‘lmaydi. Siz ehtiyotsizlik oqibatidami, shamollash, gripp va yana bir qator yuqumli xastaliklarga chalinishingiz ehtimoli bor. Agar salomatlikka alohida e’tibor qaratsangiz, bu ko‘ngilsizliklar sizni chetlab o‘tishi tayin.
Kuzda ko‘pchilik yangi uy sotib olishi, yoki yashab turgan uyini kapital ta’mirdan chiqarishi ham haqiqat. Ayollar, qizlar tashqi ko‘rinishida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishini xohlab qolishadi. Ammo bu ishda me’yorni biling.
Dekabr siz uchun ajoyib oyga aylanadi. Tijorat kishilari aynan shu oyda raqobatchilarning zimdan amalga oshirayotgan harakatlaridan xabar topib, tez fursatda bu muammoni o‘z foydalariga hal etishadi. Ba’zi do‘stlarimiz yil oxiriga borib lotereyadan katta pul yutib olishlari, katta merosga ega bo‘lishlari yoki boshqa turdagi boyliklarga ega bo‘lishlari mumkin. Yil davomida asabiylashishlar, ovqatlanish rejimiga amal qilmaslik, emotsiyani jilovlay olmaslik sizni yetti uxlab tushingizga kirmagan xastaliklarga duchor etishi mumkinligini ham esda tuting. It yili xotirjamlik, ahillik ramzi bo‘lgani bois atrofdagilar bilan bekordan-bekorga janjal qilmaganingiz ma’qul. Bu narsa xonadoningizdan barakani uchiradi.

MUHABBATI

Agar 2018 yilda duch kelganning ortidan qolmay, yaxshi-yomonning farqiga bormay o‘zingizcha harakatlar sodir etsangiz, muhabbatda umuman omadingiz chopmaydi. Oldinda sizni baxtli lahzalar kutib turibdi. Biroq ular tomon aqlni ishlatgan holda qadam tashlashingiz zarur. Ana shunda oilaviy hayotingiz havas qilsa arzigulik darajaga yetadi. Oilasizlar ham tinchini topib, ko‘zlagan maqsadiga erishadi. Ba’zilar dekabr oyida baxtini topishi mumkin.
Fevral va mart oylarida ayrimlar muhabbatini qidirib o‘zga shaharga borishlari kutiladi. Bu safaringiz albatta muvaffaqiyatli kechadi. Lekin bu yo‘lda ham aql bilan, har bir qadamni o‘ylab bosishingiz talab etiladi.
Oilalilarni yil davomida bir dunyo kutilmagan sovg‘alar kutib turadi. Oilaviy bo‘lib sayohatga chiqish, ajoyib maskanlarda dam olib qaytishingiz ehtimoldan xoli emas. Ba’zi do‘stlarimiz jufti bilan birgalikda o‘z tijoratini ochishi kutiladi. Bu sizga juda tez orada mo‘may daromadlar hadya eta boshlaydi. Asosiysi, ahillikda, birdamlikda umr kechirsangiz bas. Taqdirning barcha yaxshiliklari siz bilan birga bo‘ladi inshoolloh.

OILASI

Oilaviy hayotingiz 2018 yil boshidanoq o‘tgan yildagiga nisbatan yanada sokinroq, hashamatliroq kechishi kutilmoqda. Yaqin insonlar bilan o‘zaro munosabatlaringiz mustahkamlana boradi.
Shubhasiz, muammo har bir oilada bor. Siz ularni keyinga surmang-da, o‘z vaqtida, issig‘ida ijobiy hal etishga harakat qiling. Yoshi ulug‘ yoki xastalangan qondoshlar bo‘lsa, ularga moliyaviy jihatdan ko‘mak berishingiz oilaviy hayotingizni yanada ko‘rkamlashtiradi.
Juftingiz bilan orangizda mavjud bo‘lgan rashk, gumonlarga barham bering. Kuch topa olsangiz, yil davomida unga muhabbat izhor eting. Mukofotini albatta olasiz. 2018 yil davomida bolalar tarbiyasi bilan yanada jiddiyroq shug‘ullaning. Dildan suhbatlar quring.
Ayol bo‘lsangiz, oila a’zolaringizni ajoyib pishiriqlar bilan ko‘proq siylang. Bu ham oradagi munosabatlarni, mehr rishtalarini mustahkam torttiradi.

SALOMATLIGI

2018 yili ko‘chaga chiqishdan oldin har gal uydagi termometrga qarab qo‘yishingiz shart. Shunga qarab kiyimlar kiysangiz, salomatligingiz xavf ostida qolmaydi.
Mehnatsevarlar gohi-gohida dam olish haqida ham unutib qo‘ymasliklari kerak. Garchi yil bo‘yi salomatligingiz masalasida jiddiy muammo kuzatilmasa-da, ko‘proq vaqtingizni ochiq havoda o‘tkazishingiz, ruhan yengil torttiruvchi mashqlarni bajarishingiz talab etiladi. Organizm va ruhiyatni jismonan zo‘riqishdan asrang. Bir joyda uzoq vaqt o‘tirib qolishdan ham tiyiling.
Ovqatlanish rejimi va me’yorlari haqida ham unutib qo‘ymang. Mevalar, sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling. Ular immunitetingiz ko‘tarilishida alohida ahamiyatga ega. Gazli, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari sog‘liq kushandasi sanaladi. Ulardan uzoq yurishingizga to‘g‘ri keladi.
Balog‘at yoshidagilar o‘zlarini har kuni muzdek suvda cho‘milish, sportning faol turlari bilan shug‘ullanishga o‘rgatib borganlari ma’qul.

MARTABA VA MOLIYaVIY AHVOLI

Moliyaviy masalada 2018 yili ba’zi muammolarga duch kelishingiz mumkin. Bunga birinchi navbatda o‘zingiz aybdor bo‘lasiz. Muammo bo‘lmasligi uchun hozirdanoq tejamkorlikka alohida e’tibor qaratishingiz kerak. Ishoning, agar pullarni o‘zingiz tejab ishlatishga odatlanmasangiz, yangi yil sizning o‘rningizga bu ishni amalga oshirib bera olmaydi.
Martabani oshirishda ham, qo‘lingizdan pul uzilmasligida ham e’tibor, sergaklik va aql zarur bo‘ladi. Bu yo‘lda yolg‘onlarni aralashtirmang. Juda do‘ppi tor kelsa, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish toping.
2018 yil oxiriga borib qarzga botishingiz, ish bo‘yicha asabbuzarliklar, hamkasblar bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Nima bo‘lganda ham biz sizga faqat yaxshilik tilaymiz. Yangi 2018 yilingiz a’lo darajada o‘tsin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Qisqichbaqa burji vakillarini nimalar kutmoqda?