Ishning zo‘r bo‘lib, martabang chandon ko‘tarilib, tashqarida hamma senga ta’zimda bo‘lsa-yu, uyingda tinchlik, totuvlik bo‘lmasa, bari bekor! Yer kurrasida g‘imirlab yurganki odam uyim, bolam-chaqam db yuradi. Ko‘chadagi ishlarini jadallik bilan bajarib, xonadoniga yugurgani yugurgan. Qizig‘i shuki, inson yaxshi uyiga ham, yomon uyiga ham talpinaveradi. Shunisiga qarab, bu uydan yo baxtli, yo baxtsiz, yo butun, yo yarim odamlar chiіadilar. «Oila» deb atalgan panohistonda yaxshi iqlim yaratish uchun esa ayolga ayollik, erkakka erkaklik ilmi suv, havo qadar zarur!
O‘g‘lonim, hozirgi senga yetkazadiganim — dastlabki juda nozik ilm, yodingda tut: erkak kishini asosan qulog‘i yetaklaydi va uni ko‘p balolarga giriftor qiladi. Kelinchakka chimildiіda aytadigan birinchi gaping shu bo‘lsin:
—«Ilohim, siz bilan birga hammamizga saodatli kunlar kelayotgan bo‘lsin. Ammo aytib qo‘yay, men oila a’zolarimsiz bir bo‘lakman, butunligim ular bilan. Meni dunyoga keltirgan mualliflarim, tumshug‘ida suv, don berib voyaga yetkazgan xaloskorlarim shu oilamdagilar. Ularning pastu baland fe’llari o‘zimga ayon. Balki biridan sevinib, biridan kuyib yurarman, ammo qandayligidan qat’iy nazar, ular mening mulkim, mening qismatim, mahrimga tushgan, yoqmay qolsa, kechib yuborolmayman! O‘rtaga qo‘yadigan birinchi shartim shu: hech qachon jigar-bag‘rilarimni menga yomonlamang. Siz tufayli he biridan ko‘nglim qolmasin! Qo‘lingizdan kelsa, ularni menga issiq ko‘rsating, yomonlarimni yaxshi qilib bering! Agar bu iltimosimni bajarmasangiz, sizdan ikki dunyo rozi emasman!»
Mana shu gapni aytish qo‘lingdan kelsin, o‘g‘lonim!
Tursunoy SODIQOVA
Manba: Erk.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"