Kaliforniya shtatining Sog‘liqni saqlash departamenti xodimlari mobil telefonlardan davomli foydalanish saraton, bepushtlik hamda qator boshqa kasalliklar xavfini oshirishidan ogohlantirishdi. Shu bilan birga, ular gadjetlarni tungi vaqtda karavot yonida qoldirmaslikni tavsiya qilishdi. Tashkilot saytida shunga doir ma’ruza taqdim etildi.
Hujjatga muvofiq, qurilmalarning radiochastotali nurlanishi xotira va eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uyqu va ta’lim bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi, shuningdek bosh og‘rig‘i, bepushtlik va onkologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Telefondan haddan tashqari ko‘p foydalanish, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar uchun xavfli. Radiochastotali energiya ularning organizmiga aynan o‘sish jarayonida ta’sir qilgani uchun gadjetlarning ta’siri yanada zararli va davomli bo‘lib bormoqda. Mobil qurilmalar bilan uzoq aloqada bo‘lish o‘smirlarning quloqlari shang‘illashi, xulq-atvoridagi muammolar va hatto eshitish qobiliyatining yo‘qolishi bilan tahdid soladi.
Idora xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha gadjetlardan foydalanish va kasalliklarning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq qayd etilmagan, biroq ularning inson organizmiga salbiy ta’sirini rad etish qiyin.
Ma’ruza mualliflari muloqot vaqtida telefonni boshga yaqin tutmaslik, buning o‘rniga quloqchinlardan foydalanishni tavsiya etishmoqda. Bundan tashqari, ma’lumotlar oqimi yoki fayllarni yuklash vaqtida qurilma bilan aloqani cheklash, shuningdek uyqu vaqtida telefonni karavotda yoki uning yaqinida qoldirmaslik zarur.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi