22:40 / 26.12.2017
10 995

Qaynota keliniga xushomad qilgani rostmi? So‘z kelinchakning eriga...

Qaynota keliniga xushomad qilgani rostmi? So‘z kelinchakning eriga...
Toshkent viloyatidan bo‘lgan Muxlisa Rahmatovaning “O‘zbekiston” teleradiokanali “Uchburchak” tok-shousidagi ishtiroki ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kimdir kelinning o‘zini ayblab, oilaviy muammolarni televideniyega olib chiqib muhokama qilishi noto‘g‘riligini aytsa, yana kimdir buni efirga uzatgan televideniye rahbariyatini ayblamoqda.

Muxlisa Rahmatova ko‘rsatuvda qaynotasi unga xushomad qilganini aytgan edi. U kelin bo‘lib tushgan mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi ham ko‘rsatuvda ishtirok etib, Muxlisa Rahmatova kelin bo‘lib tushgan oilaga ijobiy baho berdi.

Dastur ijodkorlari – jurnalistlar Nozima Vohidova hamda Nilufar Umrzoqova xolislik va adolat mezonlarni unutmagan holda ko‘rsatuvga Muxlisa Rahmatovaning qaynotasi va turmush o‘rtog‘ini ham taklif etishgan edi. Biroq ular televideniyega chiqishdan bosh tortishgan. Nozima Vohidova Muxlisa Rahmatovaning turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali muloqot qilib, buni ham efirga uzatdi.

Muxlisa Rahmatovanig turmush o‘rtog‘i bularning hammasi tuhmat ekanini aytadi.

“Uning uyida qaynonam xo‘jayin bo‘lgani uchun men bilan alohida uyga chiqib, xuddi onasidek, mening ustimdan hukmronlik qilmoqchi bo‘ldi”, deydi Muxlisa Rahmatovaning turmush o‘rtog‘i.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaynota keliniga xushomad qilgani rostmi? So‘z kelinchakning eriga...