23:12 / 27.12.2017
10 999

Bizda erkak kishiga uylanishmaydi...

Bizda erkak kishiga uylanishmaydi...
RUSIYaDAN XOTIRALAR
Rusiyadan qaytyapganimda nazoratchilar pasportimdagi Turkiya muhrini ko‘rib, FSB(KGB merosxo‘ri) xodimini chaqirdi. Kabinetiga olib kirib so‘roq-savolini boshladi…
-Qayerliksiz?
-O‘zbekistonlikman.
-Nima uchun Rossiyaga keldingiz?
-Kelishimiz ta’qiqlanganidan xabarim yo‘q edi.
-Ta’qiqlanmagan.
-Unda shuning uchun keldim.
-Nima uchun biz bilan muammoli davlat, Turkiyaga bordingiz?
-Biz bilan muammoli emas.
-Suriyaga bordingizmi?
-Yo‘q
-Borgansiz. Rostini ayting.
-Bormadim.
-Nima uchun sizlar, musulmonlar ruslarni o‘ldirasiz?
-Qachon? Qayerda o‘ldirdik?
-O‘ldirmasangiz ham Qur’oningizda bor.
«Suriyada kim kimni o‘ldiryapti?» degim keldi, ammo bu yerdagi vaziyatda menga zarar yetishi aniq edi, o‘zimni tiydim va boshqa savolga o‘tdim:
-Nima deyilgan ekan?
-«Iymonsiz(nevernыy)larni o‘ldiring» deyilgan.
-Rus deyilganmi yo iymonsizmi?
-Nu-u-u, nima desam ekan. Shundoq deyilgan.
-Maylimi sizga yana savol bersam.
-Ha, mayli.
-Siz rusmisiz?
-Ha
-Dinsizmisiz?
-Nasroniyman.
-Nasroniy ayolga uylanish mumkinligi haqida eshitganmisiz?
-Ha, bizga Islom teoriyasini yaxshilab o‘rgatishadi. Musulmon nasroniyaga uylanishi mumkin.
-Endi aytingchi, er xotinini o‘ldirishi mumkinmi?…

Xodim jim bo‘lib qoldi. Meni oddiy bir mardikor o‘rnida ko‘rgan shekilli, o‘zining savollariga o‘zi javob berolmay qoldi.
Shu yerga yetganda gapni hazilga burdi va «men o‘ylaganimdam ko‘ra ko‘proq narsani bilarkansiz» dedi. Men ham hazil aralash qilib kulib «sizni rutba(zvanya)ngiz leytenant ekan, kattaroqlari ham gap topolmagan» dedim…

Savol-javobimiz qirq daqiqalar davom etdi. Keyin:
-Sizga ruxsat-deb, eshikkacha kuzatib qo‘ydi, «safaringiz bexatar(schastlivogo puti) bo‘lsin» dedi. Ikki uch qadam yurganimdan keyin «Ha, aytganday, nima uchun sizlar xotinbozsizlar? Nima uchun sizlardagilar to‘rtta xotinga uylanishadi?-dedi.
-Chunki, bizda erkak kishiga uylanishmaydi- dedim. Leytenant «xo-xo»lab kulib yubordi…

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bizda erkak kishiga uylanishmaydi...