19:06 / 20.01.2018
6 869

Har mashaqqat ortida…

Har mashaqqat ortida…
Yoshligimdan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilardim. Shuning uchun ham gimnaziyani bitirgach, universitetning filologiya fakultetiga hujjat topshirdim. Lekin kirolmadim. Bu menga katta zarba bo‘ldi. Ustozlarim ham, o‘zim ham o‘qishga kirib ketishimga ishongan edik…

Ammo ortga chekinmadim. Shunday xulosa qildim: «Bu yutuqqa erisha olmadimmi, demak, oldinda bundan ham yaxshi va xayrliroq natija kutib turibdi». Shu ishonch bilan yana o‘qishga tayyorgarlik ko‘ra boshladim. Ota-onam islom universitetida o‘qishimni xohlashlarini aytishdi. Bu safar hujjatlarimni shu oliygohga topshirdim. Biroq yana yiqildim…

Oradan bir yil o‘tdi, imtihonlar boshlandi. Og‘zaki imtihon oldidan qattiq hayajonda edim. Sherigim bilan sumka va kitoblarimizni hozirgina imtihondan chiqqan bir qizga berib kirib ketdik. Natijalar esa men kutgandek bo‘lmadi. Universitetga kirolmasligimga aniq ishona boshladim. Aksiga olib, narsalarimizni berib ketgan qizni ham topolmadik. Shunchalik tushkun holatda edimki, ortiq bu yerda qolishni xohlamasdim. O‘sha zahotiyoq Andijonga jo‘nar ekanman, test sinovlariga kelmaslikka qaror qildim.

Avgustga bir kun qolganida dadam buyumlarimni olib kelish bahonasi bilan meni Toshkentga olib keldilar. Izlagan qizlarimizni topib, buyumlarni olib qaytamiz, deb turganimda, dadam shunchaki bo‘lsa ham test sinovlariga kirib chiq, dedilar. Ra’ylarini qaytarolmadim, Allohga tavakkal qilib, imtihonga kirib ketdim. Buni qarangki, savollar kitobchasida men javobini biladigan savollar turar edi…

Allohga beadad shukr, bugun Toshkent islom universiteti talabasiman. Katta orzularimning kichik ro‘yoblarini bir-bir ko‘ryapman.

Aziz zamondosh, siz ham shuni unutmangki, biror qiyinchilikka duch keldingizmi, demak, sizni oldinda yengilliklar, yaxshiliklar kutmoqda. Bunga chin ixlos bilan ishoning. Zotan, bu mening xulosam emas, Qur’oni karimdagi va’da ­
(Sharh, 5-6).­ Alloh taoloning va’dasi esa hamisha haqdir!
Gulasal Qurbonova

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har mashaqqat ortida…