Bugun biz sizlarga antiqa ma’lumotni taqdim etamiz. Quyida berilgan mevalardan o‘zingizga yoqadiganini tanlang va tarifini o‘qing. Bu ma’lumotlar sizning xarakteringizni izohlaydi.
Apelsin mevasini yaxshi ko‘radiganlar kuchli sabr egalari va ular erkinlikni yoqtiradigan odamlardir. Shoshilmasdan puxta ish qilish ularga xos narsa. Qiyinchilikdan aslo qo‘rqishmaydi. Do‘stlariga nisbatan, kirishuvchan, ishonchli va halol insonlardir.
Banan mevasini xush ko‘radiganlar tabiatan rahmdil va qalbi issiq odamlardir. Bu turdagi odamlarga o‘ziga bo‘lgan ishonch biroz yetishmay turadi. Adolatsizlikka chiday olishmaydi. Bunday odamlar insonlarning nafaqat tashqi ko‘rinishiga qarab hurmat qiladi, balki ularning ichki dunyosini ham qadrlashadi.
Ananas mevasini yoqtiradiganlar tez qaror qabul qilib, tezda amalga oshirishga kirishadi. O‘zgarishlarga tezda ko‘nikadi, ayniqsa bu o‘zgarishlar ularning qiziqqan sohalari bo‘yicha bo‘lsa, juda tez ko‘nikishadi. Tashkiliy ishlarda ham faol. To‘g‘ri so‘z va ochiq ko‘ngil.
Nok mevasining shinavandalari agar o‘zlari chin dildan xohlashsa, har qanday muammoni hech bir qiyinchiliklarsiz hal qilishlari mumkin. Ba’zida boshlagan ishlarini oxiriga yetkaza olishmaydi. Hokimlikni xush ko‘rishadi. Biroz notinch va hissiyotga beriluvchan insonlardir.
Olxo‘rini yoqtiruvchilar boshlariga tushgan qiyinchiliklarda ko‘pincha boshqalardan o‘pkalashadi. Ularga nisbatan qilingan tanqidga umuman chiday olishmaydi. Ular ba’zan shunday orzularni qilishadiki, u hamma vaqt ham ushalavermaydigan orzular bo‘lib, lekin ularda doim bu holat ijobiy kechadi. Ular tabiatan biroz melanxolik bo‘lib, ozgina ijodkorligi ham bor odamlardir.
Kivi mevasini yaxshi ko‘radiganlar bir so‘z bilan aytganda juda ham optimist odamlardir. Ular bilan har doim hamma narsa qiziq, juda quvnoq odamlardir. Ular bilan hech ham zerikishni his qilmaysiz. O‘zlariga bo‘lgan ishonch yuqori, har qanday tavakkalchilikka tayyor turishadi. Ularni g‘oyalar ombori desa ham bo‘ladi, turfa xil g‘oyalar aynan undan chiqadi.
Olmani xush ko‘ruvchilar ekstravagant (aybni boshqalardan qidiradi), ochiq yuzli, sezgir va ta’sirchan odamlardir. O‘zini boshqarishda biroz qiynalishadi ammo jamoada yetakchi lider bo‘la oladi. Tezda qaror qabul qilish xususiyatiga ega. Yoqimtoylik va jozibalilik bularga xos holat. Sayohatlarni yoqtirishadi. Boshqalarga nisbatan kelajakka ishonchi katta odamlardir.
Uzum mevasini yoqtiradiganlar tezda hayajonlanishadi, yolg‘izlikda o‘zlarini yaxshi his qilishadi. Juda kirishuvchan, mashhurlik va salobat ularga xos. Hayotning har bir kunidan lazzatlanib yashashadi. Yoshiga qaramasdan kutilmagan sovg‘alarni yoqtirishadi, har bir kutilmagan maroqli voqealarga bolalarcha xursand bo‘lishadi.
Tarvuzni xush ko‘ruvchilar hayotdan hech ham nolishmaydi. Ular har doim hamma narsaning yaxshi tomonini o‘ylashadi. Ular maslahat berishni yaxshi ko‘rishadi, odamlarni to‘g‘ri yo‘lga yurishga ko‘maklashadi. Ular odatlarini o‘zgartirishga qiynalishadi. Ishda ko‘p narsalarga erishishida o‘jarliklari xalaqit berishadi.
Mandarin mevasini yaxshi ko‘ruvchilar uzoqni o‘ylamay fikrlaydigan va boshqalarga nisbatan ko‘pincha g‘arazli munosabatda bo‘ladigan odamlardir. G‘ururli, do‘stlari bilan yaxshi munosabatga kirishadigan, dilkash insonlardir.
Qulupnayni yoqtiradiganlar quvnoq, bag‘rikeng, odamlar bilan til topishib ketishi juda oson odamlardir. Ular kiborlilikni va chiroyli narsalarni yaxshi ko‘rishadi. Ular o‘zlarini his tuyg‘ulariga ishonishadi va shunga qarab ish qilishadi.
O‘rik mevasining muxlislari esa erkinlikni xush ko‘ruvchilar va mehribon odamlardir. Ular erkinlikka erishish uchun kuchli zarba berishga ham tayyordirlar. Atrofdagilarning ishonchini osongina qozonadilar. Ularga ijodkorlik xosdir, she’r va hikoyalar yozishga qiziqishadi. Muloqotga kirishuvchan va ochiq ko‘ngildirlar. Tez-tez sirli ko‘rinadilar, yuragidagi gaplarni faqat yaqinlarigagina aytadi.
Gilosni yaxshi ko‘radiganlar uchun hayot hamma vaqt ham shirin bo‘lavermaydi. Hayot baland pastliklardan iboratdir. Ularning tasavvuri keng va kuchlidir. Ular ishonchli hamkorlardir. Ular uchun eng qiyin narsa – bu his tuyg‘ulari bilan yolg‘iz qolishdir. Shuning uchun ular doim yaqinlari davrasiga shoshiladilar.
Qovunni xush ko‘ruvchilar botir insonlardir. Ular azaldan ichkilikni xush ko‘rishmaydi, boshqalarning fikriga tezda qo‘shilib ham ketmaydi. Shuning uchun ham ulardan ko‘pincha boshliqlar chiqadi. Ular katta maqsadlar qo‘yishadi va unga osongina erishishadi. Ular bag‘ri keng va mard insonlardir. Sayohatlar joni dili.
Shaftoli mevasining shinavandalari diqqat markazda bo‘lishni yoqtirishadi. Ular ochiq ko‘ngil va beg‘araz odamlardir. Ularning do‘stlarining soni doimo juda ko‘p. Ularning hazillashayotganlarini va jiddiy gapirayotganlarini farqiga borish qiyin. Mustaqil va orzumand odamlardir. Ular ideal va ishonchli yor bo‘la oladilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi