
— Nega haliyam uylanmading?
— Arzirli qiz topolmayapman. Topganim onamga yoqmaydi.
— Unda onangga o‘xshaganini top, muammo bo‘lmaydi!
— Topgandim, otamdan baloga qoldim.
* * *
Ayol hayvonot bog‘ida yurib tuyaqushlar bilan qiziqib qoldi va bog‘ xodimidan so‘radi:
— Ayting-chi, tuyaqush ham pat tashlaydimi?
— Ha, yerda yuz dollar yotganini ko‘rsa, shu zahoti pat tashlavoradi.
* * *
— Og‘ayni, bolalikdagi orzularingning birontasi ushaldimi?
— Ha, bittasi ushaldi.
— Qaysisi?
— Bolaligimda otam sochlarimdan tortib kaltaklasa, doimo kal bo‘lib qolishni orzulardim.
* * *
Ona besh nafar farzandi bilan markaziy do‘konlardan birining liftiga kirdi-da, kuzatuvchiga dedi:
— Bolalar bo‘limiga!
Shunda bolalardan biri dedi:
— Oyi, sizga besh farzand kamlik qilyaptimi?
* * *
Pingvin bolasi barga kirib sotuvchidan so‘radi:
— Dadamni ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, ko‘rinishi qanaqaydi?
* * *
— Menga qara, bizning eng faol yo‘l patrul xizmati xodimimiz qani?
— Ishda yonib ketibdi?
— Qanaqasiga?
— Ajdarning mashinasini to‘xtatib, ichgan-ichmaganini tekshirish uchun puflatgan ekan.
* * *
Sichqon iniga hammayog‘i tirnalgan holda kirib keldi-da, qarindoshlariga dedi:
— Qora mushukning baxtsizlik keltirishiga mana endi ishondim.
* * *
Jinni uyali telefonlar saloniga kelib dedi:
— Kechagina sizlardan telefon sotib olgandim. Ishlamayapti.
— Nega ishlamaydi? Biz shu yerning o‘zida tekshirib bergandik-ku!
— Mana, qaranglar, men o‘z raqamimga qo‘ng‘iroq qilsam, doim band ko‘rsatyapti.
* * *
Bir bolakay tijorat qilmoqchi bo‘ldi va har kuni onasiga somsa pishirtirib bozorda sota boshladi. Bir erkak har kuni kelardi-da, besh yuz so‘m berardi, lekin somsa olmasdi. Nihoyat kunlarning birida erkak bolakaydan so‘radi:
— Sen pul berib nega somsa olmayotganimga hayron bo‘lgandirsan-a?
— Yo‘q, hayron bo‘lganim yo‘q. Lekin aytib qo‘yishim kerak, somsa bugundan boshlab ming so‘mdan sotilyapti.
* * *
Erkaklarga foydali maslahat:
— Agar xotiningiz yomon kayfiyatda uxlab, yaxshi kayfiyatda uyg‘onsa, tushida kimni ko‘rganini surishtiring!
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar