Bisotimizdagi eng katta boyligimiz — salomatlik va bu isbot talab qilmas haqiqat. Afsuski, ko‘pchiligimiz faqat kasal bo‘lgachgina uning qadriga yetishni boshlaymiz. Hamma gap quntsizlik, e’tiborsizlikda, yana — bilimsizlikda. Shuning uchun ham ko‘pdan-ko‘p olimlarning tadqiqotlari mobaynida inson, uning salomatligi haqida fanga o‘z sirini ochgan faktlar, hamma bilishi, rioya qilishi shart bo‘lgan muhim ma’lumotlarni bilib qo‘ysak aslo zarar qilmaydi.
Tuz — yurak uchun zararli
Tuz inson yurak-qon tomir tizimi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agarda uning miqdori kuniga hech bo‘lmasa 3 grammga ozaytirilsa, inson umri 5-6 yilga uzayadi.
Baliq esa aksincha
Baliq, aniqrog‘i, uning tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uni haftasiga ikki marta iste’mol qilganda natijasi yaxshi bilinadi.
Choy diabetga qarshi
Qora choy diabet rivojlanishining oldini olarkan. Shotland olimlari shunday xulosaga kelishdi. Qora choy tarkibidagi faol polifenollar diabetdan aziyat chekayotgan inson uchun suv bilan havodek zarur insulin vazifasini o‘tashi mumkin ekan.
Brokkoli saratonning dushmani
Haftasiga brokkoli (gulkaramga o‘xshab ketadigan to‘q yashil tusli karam turi)ning ikki porsiyasini iste’mol qilib turish siydik pufagi saratoni xavfini 44 foizga kamaytirishi mumkin ekan. Amerikalik olimlar uning tarkibidagi ayrim moddalar o‘simtali hujayralarning ko‘payishi va tarqalishiga to‘sqinlik qilishini aniqlashdi.
Kungaboqar pistasi — tinchlantiruvchi
V guruhi vitaminlari, kalsiy, magniy kabi moddalarga boy. Biroq u faqat xom holatida foydali xususiyatini saqlab qoladi. Qovurilganida esa vitaminlarining 90 foizi chiqib ketadi. Stressni bartaraf etishda, asab xastaliklarida juda naf beradigan ajoyib tinchlantiruvchi.
Pomidor — yoshlik elchisi
Uning tarkibi olma va limon kislotalariga boyligi bois moddalar almashinuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi va erta qarishning oldini oladi. Ayniqsa, yoshi ulug‘ va organizmi kuchsizlanib qolgan insonlar uchun pomidor juda foydali — 100 grammida atigi 18-20 kaloriya mavjud, hazmi juda yengil.
Apelsin osteoporozning oldini oladi
Agarda muntazam ravishda apelsin sharbati ichib yurilsa, osteoporoz (suyaklar mo‘rtligi)ning kelib chiqish xavfi ancha kamayarkan.
Ovqatdan keyin tishingizni yuvmang
Stomatologlar kuniga ikki mahal tishlarni yuvishni tavsiya qilishadi. Ammo tadqiqotlar ovqatlanib bo‘liboq tishlarni yuvish, ayniqsa nordon ovqat yo ichimliklar bo‘lsa, zararliligini ko‘rsatdi. Gazli va nordon ichimliklardan so‘ng kislota tish emali va uning ost qatlami — dentinga ta’sir ko‘rsatadi. Tish cho‘tkasi esa kislotaning emalga yanada singishiga olib kelishi mumkin. Bu kariyes xavfini keltirib chiqaradi.
Darvoqe, yana bir fakt: shveysar olimlari stresslar va tishlarning to‘kilishi, kasallanishi, milkdagi muammolar bevosita bog‘liqligini isbotlashdi.
Didjeylar kasalligi
Bilasizmi, didjeylarning 50 foizi yaxshi eshitmaslik kasaliga yo‘liqqan. Sababi oddiy — diskotekadagi doimiy kuchli shovqin.
Nafas olishni ham o‘rganish kerakmi?
Ha, albatta. Ma’lumotlarga qaraganda, sayyoramizdagi insonlarning bor-yo‘g‘i 10 foizi to‘g‘ri nafas olishni bilarkan. Nafas olinganda havo nafaqat ko‘krak qafasi, balki qorin bo‘shlig‘iga ham yetib borishi lozim.
Sportning ham ko‘pi zarar
Sport bilan shug‘ullanish insonning kayfiyatini ko‘taradi, kuch-quvvat beradi. Biroq olimlarning aniqlashlaricha, kuniga ikki soatdan ko‘p sport bilan faol shug‘ullanish buning aksini ham berishi mumkin ekan. Bu lanjlik, bosh og‘rig‘i, uyqu va ishtahaning buzilishi, qolaversa, boshqa jiddiy asoratlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Miya qachon qariydi?
Virjiniya universiteti olimlari aniqlashlaricha, inson miyasi 27 yoshdan qarishni boshlarkan. Eng qizig‘i, miyaning eng faollik cho‘qqisi 22 yoshgacha bo‘larkan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi