Hamma davrlarda insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi oqil kishilar bo‘lgani kabi, ularni hidoyat yo‘lidan chalg‘itib, noshar’iy ko‘chalarga yetaklovchi, er-xotinni bir-biridan ajratish, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasiga nifoq tushishiga sababchi bo‘lib kelayotgan shaxslar ko‘plab topilgan. Bu illatlardan davrimiz kishilari ham jabr ko‘rib, hatto ba’zi oilalar sehr-jodu, isitish-sovutishlarning qurboni bo‘lmoqda.
Bu kabi ishlarning qanchalik og‘ir gunohligi, sehr bilan shug‘ullanuvchi kishilar ham, unga borib, aytgan gapini tasdiqlab, ishonuvchi kimsalar ham dindan chiqib qolishiga oyatu hadislarda hujjat va dalillar keltirilgan. “(Ular), yana Sulaymon podshohligidagi shaytonlar (jinlar) o‘qigan narsalarga ergashib ketdilar. Sulaymon kofir emas edi, lekin odamlarga sehr (jodu)ni hamda Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarni o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar. (Ikki farishta): “Biz faqatgina sinov (vositasimiz, bizga ishonib) kofir bo‘lib qolma”, deb (ogohlantirmaguncha) hech kimga (sehrni) o‘rgatmas edilar. Ikkisidan er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsani o‘rganar edilar. Lekin, ular Allohning iznisiz u bilan hech kimga zarar yetkaza olmaslar. (Xullas,) o‘zlariga foydasiz, balki zararli narsalarni ta’lim olar edilar. (Allohning kitobini sehrga) almashganlarga oxiratda nasiba yo‘qligini ham yaxshi bilar edilar. O‘z (nasiba)larini qanchalik yomon narsaga sotib yuborganlarini bilsalar edi!” (Baqara, 102).
Mazkur oyat sharhida sehr to‘rt turga bo‘linadi:
1. Kaldoniylarning sehri. Ular yulduzlarga sig‘inishar, yulduzlar koinotni boshqaradi, yaxshilik va yomonlik ulardan bo‘ladi, samoviy kuchlar yerdagi kuchlar bilan birlashib, mo‘’jizalar yuz beradi deyishadi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun Alloh Ibrohim (a.s.)ni yubordi. Ularning “izdoshlari” shu kunlarda ham topiladi.
2. Ruhlarning kuchiga tayangan sehr. Unga ko‘ra inson ruhi poklanib, ijod qilish, o‘ldirish, tiriltirish, shaklini o‘zgartirish kabi malakaga ega bo‘lishi mumkin emish (Ulamolar sehrning bu ikki shakliga ishonganlar kofir bo‘lishiga ittifoq qilganlar).
3. Ruhoniy mavjudotlardan foydalanib qilinadigan sehr. Bu jinlardan yordam so‘rash va boshqa shakllarda bo‘ladi.
4. Ko‘zbo‘yamachilik. Uning shakllaridan biri huqqabozlikdir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham halokatga olib boruvchi yetti gunoh qatorida sehr ishlari bilan shug‘ullanishni sanaganlar. Yana bir hadisda jannatga kirmaydigan uch toifa odamning biri sehrni tasdiqlab, “Mana buning sehri o‘tkir ekan”, deydiganlar ekanligi xabari beriladi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...