07:04 / 15.02.2018
8 182

Qon guruhi - taqdirga ishora

Qon guruhi - taqdirga ishora
XIX asr oxirlariga kelib, qon guruhi borasidagi tadqiqot va izlanishlar avj oldi.

1907 yili chex olimi Yanskiy insonlarda to‘rt xil qon guruhi mavjudligi, qon tarkibidagi oqsillarga aloqador tarzda kishilar xarakteri nasldan-naslga o‘tishi to‘g‘risidagi ilmiy farazlarini e’lon qildi.

1971 yilda yapon olimi Masaxiko Nomining «Qon guruhingiz qanday bo‘lsa, siz shundaysiz» kitobi 1,2 million nusxada bosilib chiqdi. Unda olimning 25 yillik tadqiqotlari natijalari bayon etilgan edi. Bugun ham yaponlar kishining qon guruhi ko‘p narsani hal etishiga ishonadi. Hatto ba’zi korxona va tashkilotlar ishga kiruvchilardan qon guruhi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni ham talab etishadi. Quyida mutaxassislar ta’kidlagan qon guruhlariga aloqador ayrim tasniflarni e’tiboringizga havola etamiz:

I guruh (yoki nolinchi) — kuchli iroda, maqsadga intiluvchan va hukm o‘tkazishga moyil kishilar guruhi. Bu guruhdagilar moliyaviy jihatdan ancha baquvvat bo‘ladi. Ularning ayblarini betiga aytish xavfli. Jahli tez.

II guruh (yoki A) — Bu guruhdagi qon egalari tartib-intizomni xush ko‘radi. Mehnatsevar, bosiq, o‘ta qasoskor bo‘lib, oradan qancha vaqt o‘tsa-da, o‘ch olishga intiladi. Ajoyib tashqi ko‘rinish, mehribonlik va nafosat ularga xos. Bu qon guruhidagilardan iste’dodli shoir-yozuvchilar, aktyor va xonandalar yetishib chiqadi.

III guruh (yoki B) — bu guruh qiziqqon va bo‘ysunmaslar, ijodkorlik va yaratuvchanlikni xush ko‘radiganlar guruhidir. Ularni «g‘oyalar generatori» deb atash mumkin. E’tiborlilik, tiyiqsizlik va o‘zgaruvchanlik ham ularning xususiyati. Ular tartib-qoidalarni yoqtirishmaydi, jamoadan ajralishni xush ko‘rishadi. Ammo ajoyib oshpaz!

IV guruh (yoki AB) — bu guruhdagilar ajoyib rahbarlik, tashkilotchilik qobiliyatiga ega. Ular, shuningdek, kuchli intuitsiya sohibidir. Ko‘pincha ekstraseanslar, bashoratchilar shu guruhga mansub bo‘ladi. «AB»lar o‘zlari istamagan ishni bajarishni yomon ko‘rishadi. Shu bilan birga, hayotsevar bo‘lib, hashamat va go‘zallikni xush ko‘rishadi. Ularni «ko‘ngil kishilari», deyish mumkin.
Dilmurod DARVEShOV

Manba: od-press.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qon guruhi - taqdirga ishora