Assalom, oyijon! Va nihoyat, men og‘riq his qilmayapman…
Men ishtonchamga xo‘llab qo‘yganim uchun sizdan kechirim so‘rashga ulgurmadim. Kechiring! Va’da beraman, bu boshqa hech qachon takrorlanmaydi.
Nimagadir ilgarilari bu haqda sizga ayta olmasdim. Bunday qiyin so‘zlarni qanday aytish kerakligini tushunmas edim. Endi esa hammasi o‘z-o‘zidan ro‘y bermoqda. G‘alati… Umuman, hozir menda ko‘plab g‘alati voqealar sodir bo‘lmoqda, lekin bu haqda sal keyinroq.
Oyijon, biling-ki, tabassumingiz juda chiroyli, o‘zingiz esa — eng go‘zal onasiz! Men sizni juda yaxshi ko‘raman, yana bir marta quchishni, o‘pishni va hidingizni to‘yib hidlashni istayman… Lekin sizni topolmayapman, qayerdaligimni tushunmayapman. Nega sizni chaqirganimda javob bermayapsiz?
Ko‘zlaringiz ma’yus tortganda, sizga qarash menga og‘riq berardi. Ko‘z yosh to‘kkaningizda, qanchalik qiynalayotganingizni his qilardim. Sizni qo‘llab-quvvatlashni, xali hammasi yaxshi bo‘lishini, men esa hamisha yoningizda bo‘lishimni aytishni xohlardim. Boshqalar singari sizdan yuz burib ketmasligimni aytishni juda-juda xohlardim. Lekin aytolmasdim… Buning o‘rniga ko‘zlarim xoinlarcha men ularni tiyishni o‘rganmagan ko‘zyoshlarga to‘lardi. Men hatto eplab bir so‘zni ayta olmasdim — o‘rniga chinqiriq chiqardi. Agar o‘zimni qo‘lga olishni o‘rganganimda edi, hammasi boshqacha bo‘lardi.
Aslida uch yil ichida siz bilan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Oyoqqa turishni, yurishni, sizning telefoningizda multfilm qo‘yishni… Ammo kunlarning birida multfilm ko‘rib, hamma pullaringizni sarflab qo‘yganim uchun meni jazolagan edingiz.
Yana, menga shokoladli tuxum sotib olib berganingiz ham yodimda. Menga juda yoqqandi, lekin sizning boshqa pulingiz qolmagandi. Eh, bu pullar! Ular nega kerakligini hech qachon tushunmaganman. Kunlarning birida sumkangizni titkilab, koshelyogingizdan topib oldim ularni. O‘rganayotib, kutilmaganda yirtib qo‘ydim. Siz yana meni jazoladingiz. Shunga loyiq bo‘lgan bo‘lsam kerak… ular siz uchun bu qadar muhim ekanini tushunmaganman. Sizga yetkazgan dilxiraliklarim uchun meni kechiring!
Menga avtobus yoki marshrutka oynasidan yo‘lga qarab ketish juda yoqardi. Yonimizdan «yugurib o‘tayotgan» daraxtlar va uylar menga zavq bag‘ishlardi. Siz meni qattiq quchib, yanoqlarimdan bo‘sa olar edingiz. Men baxtli edim…
Biz oxirgi marta ko‘rishganimizda, men ishtonchamga xo‘llab qo‘ygandim. Bu ishtonni menga kimdir sovg‘a qilgan edi: yoki qarindoshlarimiz, yoki sizning o‘rtoqlaringiz. Boshqa narsalarimizni, o‘sha, avval yashaganimiz — qo‘rqinchli xonada qoldirgan edik. Men u yerdan ketganimizga xursand edim, u yerda ko‘p yomonliklar bo‘lgandi. Oqshomlari allaqanday erkaklar kelardi, ular sizga og‘riq berishardi, men esa yig‘lardim. Siz xafa bo‘lardingiz va yana meni jazolardingiz. Keyin esa men qolgan birgina ishtonchamni rasvo qildim… Sizning jahlingiz chiqdi va menga tarsaki tushirdingiz — juda og‘ridi. Men chinqirib, yig‘lab yubordim. Siz yana urdingiz. Yana va yana… Chuqurlikka tushganday bo‘ldim, atrof zim-ziyo bo‘ldi.
Men allaqanday ayollarning ovozlarini eshitardim, ular operatsiya qilish zarurligi haqida gapirishardi. Meni qo‘llarida ko‘tarib yurishardi ular, men esa hammasi yaxshi ekanini aytaolmasdim. Nega men endi o‘z fikrimni bayon etishni o‘rgandim?!
Hozir atrofimda bolalar to‘la, ularning barchasi o‘z oyijonlarini juda qattiq sog‘inishgan. Bolalarning birini onasi kladovkaga qamab qo‘yib, uzoq vaqt ovqat bermagan ekan. Lekin ayb uning o‘zida — onasining qorniga issiq choy quyib yuborgan… Boshqa bir qizni esa otasi urgan. Meni xabarim yo‘q, o‘zi shunaqa deydi. Aytishicha, otasi allaqanday temir sim bilan urgan emish, keyin qon ketibdi. Bu qizcha menga yoqadi. Men uni hattoki o‘pganman.
Yana men «nafratlanish» nimaligini bilmayman. Bu yerdagi bolalar ilgarilari o‘z ota-onalaridan nafratlanishganini aytishadi, mendan ham «Oyingdan nafratlanasanmi?», deb so‘rashadi. Ularga nima deb javob qaytarishni bilmayman.
Bu yer menga yoqadi, oyijon. Bu yerda hamma narsa bor. Xohlagancha multik ko‘rish mumkin… Faqat sizni yomon sog‘inaman. Qachon meni olib ketasiz? Sizni yaxshi ko‘raman va endi hammasi yaxshi bo‘ladi, degan gaplarni aytishni orzu qilaman. Axir endi gapirishni bilaman-da.
Erkin Alimbekov
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi