Asl vatani Xitoy bo‘lgan mandarinni “Xitoy olmasi”, deb atashadi. Uning o‘rtacha kattalikdagi ikki donasi kunlik S vitaminiga bo‘lgan ehtiyojingizni oson qondiradi. S darmondorisi immunitetni ko‘tarishidan tashqari, qon tomirlari devorchalarining yangilanish jarayonini ham rag‘batlantiradi. Uning, ayniqsa, varikozdan qiynalayotgan ayollarga foydasi beqiyos. Qolaversa, ateroskleroz xastaligining oldini oladi. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda hayz ko‘radigan ayollar oy ko‘rishdan bir necha kun avval ikki donadan mandarin yeb turishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
ICH OG‘RIG‘IGA DAVO
Tibbiyotda aniqlanishicha, mandarin ichak peristaltikasini bo‘shashtirish xususiyatiga ega. Tarkibidagi fitonsidlar esa bakteriyalarga qarshi kurashadi. Shuning uchun ham ich ketishidan aziyat chekayotgan bemorlarga mandarin iste’mol qilish yoki uning sharbatidan ichish tavsiya etiladi.
MANDARIN TANLASHDA ADASHMANG
* Agar qo‘lingizga olib ko‘rgan mevangiz hajmiga nisbatan og‘irroqdek tuyulsa, demak, sarxil, suvli va yangi mandaringa duch kelibsiz.
* Shuningdek, bu mevaning nordoniga uchrab qolmaslik uchun kichikroq, po‘sti esa yupqasini tanlang.
* Eng muhimi, xarid chog‘ida bir bo‘lagini tatib ko‘rishdan uyalmang.
* Sitrus mevalarining po‘stlog‘i qalin bo‘lgani sabab muzlatkichda ham, xona haroratida ham saqlashingiz mumkin. Yagona sharti, muzlatkichda bir haftagacha, xona haroratida esa 2-3 kundan ortiq qolib ketmasin.
MANDARINDAN ANTIDЕPRЕSSANT MURABBO
Yangi yil dasturxonida noz-ne’matlarning mo‘l-ko‘lligi mevalarning “keyin”ga qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ana shunday vaziyatlarda mandarindan ajoyib murabbo tayyorlab qo‘ysangiz, bir necha oydan so‘ng ham iste’mol qilaverasiz. Buning uchun bir kilogramm mandarinni parraklab to‘g‘rab, qozonga solasiz. Po‘stidan tozalash shart emas. Ustidan 2 osh qoshiq limon sharbati, 350 gramm shakar va 200 millilitr suv quyib, olov yoqasiz. Bir marta qaynab chiqqanidan so‘ng 40-50 daqiqa o‘rta olovda qaynatasiz. Bunday xushta’m murabboni tushkunlika tushganingizda yesangiz, tezda lablaringizda tabassum paydo bo‘ladi. Ayniqsa, kichkintoylar bunday xushta’m shirinlikni paqqos tushirishadi.
YURAK-QON TOMIRLARI FAOLIYATINI YAXSHILAYDI
Agar tushkunlik sizni tark etmasa, mandarin mevasidan iste’mol qiling. Bunday vaqtda uni hidlash ham juda foydali. U kayfiyatni ko‘tarib, kishiga xotirjamlik baxsh etadi.
Mandarindan tayyorlangan sharbatni tungi uyqudan avval ichish asab tizimini yaxshilaydi hamda uyquni me’yorlashtiradi. Chunki yurak mushaklarini mustahkamlash uchun ham mandarindan o‘tadigani yo‘q. Buning uchun uning mevasini oq po‘stlog‘i bilan iste’mol qilsangiz, kifoya.
QANDAY VAQTDA VA KIMLARGA TAVSIYA ETILMAYDI?
Qanchalar shifobaxsh va totli bo‘lmasin, uni har doim ham tanovul qilish mumkin emas.
* Ayniqsa, qandli diabetga chalingan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Juda ishtahangiz ochilib ketsa, 100 g dan ortmasin. Lekin aslo sharbatini icha ko‘rmang. Yangi siqilgani ham, qadoqlangani ham qondagi insulin miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.
* Bundan tashqari, barcha sitrus mevalar singari “xitoy olmasi” ham allergiyani keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, u 3 yoshgacha bo‘lgan go‘daklarga tavsiya qilinmaydi.
* Xuddi shu sabab mandarin homilador ayollar va emizikli onalarga ham tavsiya etilmaydi.
* Ayniqsa, oshqozon-ichak xastaliklari, xolitsistit, gepatit, gastrit, ichak shamollashi va o‘n ikki barmoqli ichakda muammosi bor kishilar ham bu mevaning o‘rniga boshqasini tanovul qilganlari afzal.
Oshqozon faoliyati bilan bog‘liq xastaliklarda, 12 barmoqli ichak yarasi, gastritda mandarin yeyish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, mandarin mevasi buyrak faoliyati uchun ham zararli. Gepatit, nefrit va xoletsistit kasalliklarida umuman taqiqlanadi. Allergik toshmalarga moyilligi bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar uchun tavsiya etilmaydi.
SHIFOBAXSH MANDARIN —QISHNING OLTIN NE’MATI
* Surunkali tonzillit va angina qiynaganida har soatda iliq mandarin sharbatini oz-ozdan to tuzalib ketguncha ichish tavsiya etiladi.
* Yuqori harorat va shamollashda bir kunda 3-4 marta yarim stakan iliq holatdagi mandarin sharbatini iching. Istasangiz, sharbatga ozgina suv qo‘shing.
* Ishtaha qochganda va oshqozon faoliyati buzilganda parhez bilan birgalikda taomlanishdan 30 daqiqa oldin bir kunda 2-3 marta yarimta mandarinni tanovul qiling.
* Erta tongda och qoringa bir stakan mandarin sharbatini ichish bronxial astma va kuchli bronxitda yordam beradi.
* Gijjalarga qarshi kurashda dori vositalari bilan birgalikda 3 kun davomida bir kunda 3 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 stakan mandarin sharbati iching. Kechqurun esa oshqozondan gijjalarni tushirish uchun ichni yumshatuvchi doridan qabul qiling.
* Holsizlanganda va tushkunlikka tushib qolganda bir nechta mandarin po‘stini qopqoqli shisha idishga solib, bir kunda bir necha marta to‘yib hidlang, idish qopqog‘ini yopishni unutmang, aks holda mandarin hidi havoga uchib ketadi. Har kuni po‘stlarni yangilang.
* Mandarinlar oshqozon faoliyatini yaxshilovchi pektinlarga ham boydir. Bu shifobaxsh meva oshqozon xastaliklarining oldini oladi.
* Bu sitrus meva tarkibida suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy hamda fosfor, asabni tinch-lantiruvchi magniy, yurak va buyrakni mustahkamlovchi kaliy mavjud.
KOSMЕTOLOGIYADA
* Quruq yuz uchun mandarinli niqob juda foydali. Po‘stidan tozalangan mandarinni maydalab to‘g‘rab, 2 osh qoshiq yog‘li smetana solib, blenderda aralashtiring. Toza yuz va bo‘yinga niqobni 20 daqiqaga surtib, so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlang. Agar yuzni oziqlantiruvchi ushbu niqobdan haftasiga 2-3 marta foydalansangiz, u terini yoshartiradi va o‘zgacha ko‘rk beradi.
* Yarimta mandarin mevasini ezib, 1 dona tuxum sarig‘i bilan aralashtiring-da, 1 osh qoshiq limon sharbati qo‘shing. Keyin yuzingizga surtib, 15 daqiqa o‘tgach, yuving. Yuzingiz nihoyatda tiniqlashadi va taranglashib qoladi.
OZMOQCHIMISIZ? MANDARIN ISTE’MOL QILING!
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, mandarin eng past kilokaloriyali mevalardan biri hisoblanadi. Tarkibidagi vitaminlar moddalar almashinuvini yaxshilab, yog‘larni parchalaydi. Organizmdagi xolesterinni kamaytirishi va yog‘ni parchalashi hisobiga organizm ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi.
Xolesterin miqdorini kamaytirishda: danaksiz, kichikroq mandarinni tanlab, po‘stini archib, biroz quriting. So‘ng 1 stakan qaynagan suvda damlab, usti yopiq idishda 10 daqiqa tindiring. Damlamani kun davomida 2-3 qismga bo‘lib qabul qiling.
Muolaja davomiyligi umumiy holatdan kelib chiqib belgilanadi.
MANDARIN KASALLIKKA QARSHI KURASHISHGA KUCH BЕRADI
Kuniga 2-3 dona mandarin iste’mol qilsangiz, immunitetingiz mustahkamlanadi, viruslar o‘ladi, shamollash chekinadi. Sharbati esa isitmani tushirish xususiyatiga ega. Gripp bezovta qilganda mandarin, mandarin sharbati va yog‘lari juda foydali.
Ushbu sitrus meva tarkibida suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy hamda fosfor, yurak va buyrakka foydali kaliy mavjud.
Shuningdek, unda temir moddasi atigi 0,3 mgni tashkil etsa-da, u temir moddasi tanqisligida tavsiya etiladi. Chunki tarkibidagi biologik aktiv moddalar kamqonlikni bartaraf etadi.
SURUNKALI YO‘TALNI DAVOLAYDI
Agar sizni yo‘tal qiynab qo‘ysa, quritilgan yoki yangi ezilgan 2 osh qoshiq mandarin po‘stiga 1,5 stakan suv quyib, past olovda 5-7 daqiqa qaynating va 1 soatga damlab qo‘ying. Damlama tayyor bo‘lgach, undan kuniga 3-4 mahal iliq holda ovqatdan 20 daqiqa oldin 2 osh qoshiqdan qabul qiling.
* Shuningdek, tungi uyqu davomida o‘pka va bronxlarda yig‘ilgan shilimshiq ajralmalar (balg‘am)ni nahorga mandarin sharbatini qabul qilish bilan bartaraf etish mumkin.
Retsept: quruq yo‘talni yengillashtirish va balg‘am yengil ko‘chishi uchun 1 dona mandarin po‘stining 4/1 qismini quritib, 1 stakan qaynagan suvda damlang. Suyuqlikni choy o‘rnida kuniga 2-3 mahal ichish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi