12:02 / 24.02.2018
24 422

Qizlarning qanday oyoq kiyim kiyishiga qarab xarakterini bilib olamiz

Qizlarning qanday oyoq kiyim kiyishiga qarab xarakterini bilib olamiz
Ayollarning kiyinishi, nutqi, so‘zlashishiga qarab qanday xarakterga ega ekanligini bilish mumkin. O‘tkazilgan qator tadqiqotlardan kelib chiqib, psixologlar ayollar qanday oyoq kiyimi tanlashlariga qarab ham ularning qarashlari va fazilatlarini bilib olish mumkin, degan xulosaga keldilar. Demak, bu haqda quyidagilar bilan tanishib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi.

POSHNALI TUFLI EGALARI
Ryumkasifat baland poshnali oyoq kiyim kiyadigan ayollar hammaning e’tiborini tortishni xush ko‘radi. Ular ko‘pincha biron narsaga erishish maqsadida ayollik latofati va malohatidan foydalanadilar. Bu toifadagilar o‘zlarining shaxsiy imkoniyatlari va jozibadorliklariga haddan tashqari ishonadilar. Shuningdek, erkak kishilar ularni doimo izzat-ikromda tutishi kerak, deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, ular poyabzal tanlashda qulayliklardan ko‘ra ko‘proq modaga e’tiborni qaratadilar.

BOTINKASIFAT TUFLILAR
Bu usuldagi tuflilarni o‘ziga qulay deb hisoblovchi ayollar indamas, ko‘pincha faqat o‘zini o‘ylab ish tutadilar. Ular o‘zidan boshqalarga ishonishmaydi. Bu xarakter sohibalari nozik qalb egalari hamdir va ko‘pincha odamlar bilan muloqotda nomutanosibliklardan aziyat chekadi.

SPORT POYABZALI
Sport poyabzallari kiyishni xush ko‘ruvchilar turli xil g‘oyalar o‘ylab topishga usta bo‘ladi. Ular sayohat qilishni yaxshi ko‘radilar. Bir joyda uzoq o‘tirsalar, ma’yus bo‘lib qoladilar. Ko‘proq do‘stlari qurshovida bo‘lishni xohlaydilar. Ularning nuqtai nazarida nafaqat, poyabzal kiyishda, balki, umuman hayot kechirish sharoitlari qulay, osoyishta bo‘lishi kerak.

ENG SO‘NGGI URFDAGI TUFLILAR
So‘nggi urfdagi poyabzal kiyadigan modaparast ayollar hammadan ajralib turishni yoqtiradilar. Ular: “Odamlar kiyimga qarab munosabatda bo‘ladi” degan fikrni ma’qullaydilar, o‘zlari ham ana shu aqidaga amal qiladilar. Hayotni faqat bo‘yoqdor ranglarda, hashamat, bekamu ko‘st yashash tarzida tasavvur etadilar. Yaxshigina layoqatli bo‘lsalar-da, rahbarlik qilishda ularga g‘ayrat va shijoat yetishmaydi.

PLATFORMA USLUBIDAGI TUFLI
Bundan poyabzalni tanlagan ayollar ko‘pincha biror narsani hal qilishda xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Ular birdaniga hamma narsaga erishishni istaydilar, lekin bunga erishish mushkulligini dildan his qilmaydilar. Ular to‘g‘riso‘z, o‘zlariga ishonchlari qat’iy, buyruq berish ularga xos xususiyat. Shuning uchun ko‘pincha muvaffaqiyatlardan boshlari aylanib qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qizlarning qanday oyoq kiyim kiyishiga qarab xarakterini bilib olamiz