08:50 / 28.02.2018
6 745

Uyalish hissi insonga nega kerak?

Uyalish hissi insonga nega kerak?
Amerikalik olimlar insonga nega uyat hissi berilganligini aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazishdi. Tajribada qatnashish uchun AQSHdan tashqari Isroildan, Hindistondan ko‘ngillilar istak bildirdi. Turfa xalqlar ustida o‘tkazilgan tajriba natijasi aniqroq bo‘ladi. Tajriba qatnashuvchilarini ikki guruhga ajratildi.

Birinchi guruh qatnashchilariga nojo‘ya xatti-harakat sodir etish topshirildi. Ikkinchi guruh ularni kuzatishi va baholashi kerak edi. Tajriba natijasida ma’lum bo‘ldiki, jamoatchilik kuzatuvi va muhokamasi bilan muayyan shaxsning qilmishi uchun uyalishi orasida bog‘liqlik bor ekan. Qadimda kishilar orasidagi ziddiyatni yumshatish va munosabatlarni yaxshilashda aynan shu omil katta ahamiyat kasb etgan.

Insonning nojo‘ya qilmishini kuzatuvchilar bo‘lsa, uyalish hissi yuzaga keladi, agar kuzatuvchi bo‘lmasa uyalish hissi o‘rniga ba’zan aybdorlik hissi yuzaga kelishi mumkin. Zero tijoriy, huquqiy va ko‘plab boshqa turdagi munosabatlarda kuzatuvchilar qo‘yilishi bejiz emas.

Uyalishni bilmaslik yomon. Xijolatdan qizarish hissi ijobiy holdir.

Manba: sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyalish hissi insonga nega kerak?