21:21 / 01.03.2018
5 057

“Hali bajararman” deydiganlar o‘qisin!

“Hali bajararman” deydiganlar o‘qisin!
Robert Luis Stefenson yozadi: “Har bir inson kun davomida qanchalar mashaqqat chekmasin o‘z vazifasini qilishga qodirdir. Har bir inson tongdan to quyosh botguniga qadar baxtli hayot kechirishga qodirdir. Hayotning ma’nosi shudir”.

Derlar: “Sening hayoting faqat bugungi kuningdangina iborat. Kechagi kuning o‘tdi. Ertang esa hali kelishi ma’lum emas”.

Stefen Lakok yozadi: Go‘dak: “O‘spirin yoshiga yetsam...” deydi.

O‘spirin: “Yigitlik yoshiga yetsam... Yigitlik yoshiga yetsam, uylanaman” deydi. Ammo uylanishdan keyin nima qiladi? Bu hamma bosqichlardan so‘ng nima qiladi? Endi fikrlar: “Nafaqa yoshiga yetib olsam...” deyishga o‘zgaradi. Orqasiga qaraydi, sovuq shamollar uni tebratib bo‘lgan. Ozgina ham yashamasdan o‘tgan hayotidan ayrildi. Vaqt o‘tib bo‘lganidan keyin anglab yetamizki, hayot bugungi kunimizning har bir daqiqasi va soatlaridir”. Shuningdek, tavbani ortga suruvchilar ham keyinroq tushunadilar.

Solih salaflardan biri bunday deydi: “Sizlarni endi qilaman”, “hali bajararman” deyishdan ogoh etaman. Chunki bu ko‘pgina yaxshiliklardan to‘suvchi va savobli amallarni kechiktiruvchidir”.

“(Ey Muhammad!) Ularga qo‘yib bering: yesinlar, foydalansinlar va orzular ularni mashg‘ul qilaversin! Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar” (Hijr surasi, 3-oyat).

Fransuz faylasufi Monten aytgan edi: “Mening hayotim abadiy rahm qilinmas yomonliklar bilan to‘lib toshgan”.

Densi aytadi: “Tafakkur qiling, bugungi kuningiz qayta takrorlanmas”.

Men aytaman: bundan ham go‘zalroq va mukammalroq gap “vidolashuv namozini o‘qing”dir.

Yashayotgan buguni umrining oxirgi kuni ekanini o‘ylagan inson, albatta, tavba va solih amallarni ko‘paytiradi, Parvardigoriga itoat qilish, Rasulga ergashish yo‘lida bor kuch-quvvat va iqtidorini sarflaydi.

Manba: O‘MI rasmiy sayti

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Hali bajararman” deydiganlar o‘qisin!