13:30 / 03.03.2018
4 970

Yillar o‘tib pushaymon qilishingiz mumkin bo‘lgan 12 ta xato

Yillar o‘tib pushaymon qilishingiz mumkin bo‘lgan 12 ta xato
“Lifehacker.ru” yillar o‘tib pushaymon qilishingiz mumkin bo‘lgan 12 ta xatoni o‘rgandi. Bu ma’lumotlar har birimizga asqotishi mumkin. Siz nimani noto‘g‘ri qilayotganingizni bilib oling va yoshlikning xatosini kech bo‘lmasdan tuzating.

1. Umidsiz munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilayapsiz.
Putur yetayotgan munosabatlarni saqlab qolishga nima uchun harakat qilayotganingizdan qat’i nazar (birovning fikridan tashvishdasiz, farzandlaringiz haqida o‘ylaysiz, birinchi muhabbatingizni yo‘qotishni istamaysiz yoki sizni boshqa hech kim sevmaydi deb o‘ylaysiz), o‘zingizni sizni baxtli qilishi mumkin bo‘lgan insonni topish imkoniyatidan ixtiyoriy ravishda mahrum qilayapsiz.

2. Ketganlarni qo‘yib yubormayapsiz.
O‘tgan sevgi yoki do‘stona munosabatlarni eslash normal holat, lekin bu hissiyot butun hayotingiz shunday o‘tmasligi kerak. Dunyoda taxminan 7,5 milliard inson bor, ularning orasida albatta sizga tasalli beradigan kishi topiladi. Bu yangi do‘st-yor topish uchun eskilarini voz kechish kerak degani emas. Buni eng avvalo o‘tmishning yuki kelajakka dadil qadam tashlashingizga to‘sqinlik qilmasligi uchun qilishingiz zarur.

3. Sevmagan ishingizga yopishib olgansiz.
Tushlik va yo‘lga ketgan vaqtni ham hisoblaganda siz haftaning uchdan bir qismini sevmagan ishingizga sarflaysiz va bu chidash uchun juda uzoq vaqtdir. Albatta, sharoitlar turlicha bo‘ladi, yaxshi haq to‘lanadigan, ammo yoqtirmaydigan yuqori lavozimli ishingizdan voz kechish oson emas. Lekin nima qilishni xohlayotganingizni tushunishga harakat qilmasangiz, albatta pushaymon bo‘lasiz.

4. Juda ko‘p ishlaysiz.
Hatto sevimli ish ham baribir ish bo‘lib, hayot faqat ishdan iborat ekan degan fikrga bog‘lanib qolmaslik kerak. Yillar o‘tib, ortga nazar solganingizda ofisda juda kam vaqt o‘tkazgan ekanman deb pushaymon qilmasligingiz aniq. Biroq bolalar sizsiz o‘sganini sezishingiz mumkin, do‘stlaringiz boshqa qo‘ng‘iroq qilmaydi, chunki siz doimo bandsiz. Qisqasi, ish, ish deb “odamgarchilikdan chiqqansiz”.

5. Birovlar kutganiday yashashga harakat qilayapsiz.
Siz yuridik institutga kirdingiz, chunki onangiz advokatlikni daromadli kasb deb hisoblar edi. Sochlaringizni pushti rangga bo‘yadingiz, sababi sizning davrangizda shunaqa qilish urf edi. Oila qurdingiz, chunki “siz tengilar allaqachon ikki bolali bo‘lishgan”. Birovlarning fikri bilan yashashga harakat qilguningizcha o‘zingiz xohlaganday yashash uchun vaqt tobora kam qolmoqda. Siz albatta o‘rta yoshdagi inqirozni kutishingiz va hammasidan qutulishingiz mumkin, ammo bu sizga yo‘qotgan umringizni va qo‘ldan chiqargan imkoniyatingizni qaytarib berolmaydi.

6. Tavakkal qilmaysiz.
Tavakkalchilik turlicha bo‘ladi. Misol uchun qizil chiroqda avtomobillar serqatnov ko‘chadan yugurib o‘tmaganingizdan yoki “Spartak” formasini kiyib SSKA muxlislari joylashgan sektorda o‘tirmaganingizdan hech qachon afsuslanmaysiz. Lekin hamisha “agar maktabdagi birinchi muhabbatimga sevgi izhor qilganimda, yirik kompaniyaning ish haqidagi taklifiga yo‘q demaganimda, qiziqarli va sirli sayohatga jo‘nab ketganimda nima bo‘lardi?” kabi savollar bilan o‘zingizni qiynashingiz turgan gap.

7. Sog‘liqqa kam e’tibor berasiz.
Yoshlikda siz har doim kelishgan, xushchaqchaq va sog‘lom bo‘laman deb o‘ylaysiz, ammo organizm hamisha bunday bo‘lmasligini sizga tezda bildirib qo‘yadi. Shuning uchun shifokorlar maslahatiga beparvo bo‘lmang: me’yorida va yaxshi ovqatlanish, jismoniy faollik, quyoshdan himoya qiluvchi malhamlardan foydalanish ko‘pgina kasalliklarni erta aniqlash va ularni boshlanishidayoq bartaraf etish imkonini beradi.

8. Yangi narsalarni o‘rganishni istamaysiz.
Yosh o‘tishi bilan inson yangiliklarni tobora sekinroq o‘zlashtiradi. Shuning uchun yildan-yilga yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga ko‘proq vaqt va kuch sarflash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ularni qo‘llashga tobora oz vaqt qoladi.

9. Bolalikdagi sevgan san’atkoringizning konsertiga borish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmoqdasiz.
Mushtdayligingizda va kassetalarda sevimli qo‘shiqlaringizni tinglaganingizda ijrochi allaqachon katta edi va shuncha yillar davomida u yosharmadi. Shuning uchun siz sevimli guruhingizning konsertiga borishingiz kerak, agar u haliyam to‘liq tarkib bilan konsert berayotgan bo‘lsa albatta.

10. Tashqi ko‘rinishingizdan norozisiz.
Hozir o‘n yil avval tushgan suratingizga tikilib, nima uchun ozish yoki aksincha semirishga, burningizni kichraytirish yoki ko‘zingizni kattalashtirishga harakat qilganingizni tushunmaysiz. Buning uchun o‘zingizga tanbeh berishga asos bor. Qanday yaralgan bo‘lsangiz, shunga shukur qilishni o‘rganing.

11. Ko‘p vaqtingizni behuda sarflaysiz.
Maktabda bog‘chada uxlashdan bosh tortganimizdan, universitetda esa maktabda yaxshi o‘qimaganimizdan afsuslanamiz. Yillar mobaynida boy berilgan imkoniyatlar ro‘yxati kengayaveradi va bu ayanchli doiradan chiqib ketishning yagona yo‘li nimadir qilishni hozirdan boshlashdir.

12. Keksa qarindoshlarga tirikligida savol bermaysiz.
Tirikligida bobo va momolarimizdan o‘z ildizlarimiz haqida so‘ramaymiz, keyin esa shajaramizni aniqlash uchun arxivlarga chopishimizga to‘g‘ri keladi. Qiziqarli oilaviy hikoyalar, odatlar va xususiyatlar, bizga yoqadimi yoki yo‘qmi, bizning kimligimizni anglatadi. O‘tmish bilan qiziqish loaqal qosh-ko‘zlari tim qora oilada ko‘k ko‘zli farzand dunyoga kelganiga hayron qolmaslik uchun ham kerak. Ehtimol, unda 4-5 avlod oldin o‘tib ketgan ko‘k ko‘zli bobosining qoni bordir...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yillar o‘tib pushaymon qilishingiz mumkin bo‘lgan 12 ta xato