21:02 / 04.03.2018
12 327

Tushlar o‘ngidan keladimi?

Tushlar o‘ngidan keladimi?
Qadim zamonlardan to bugungacha insoniyatni “Tushlar o‘ngidan keladimi?” degan savol o‘ylantirib kelmoqda.

Tushlarning o‘ngidan kelishi bor narsa ekanini ko‘pchilik, jumladan, mashhur olimlar ham ta’kidlaydilar.

Taniqli ingliz yozuvchisi Kepling do‘stlariga hayrotomuz tushi haqida bot-bot gapirib berardi.Tushida u allaqanday qabul marosimiga taklif etilgandi. Katta zal, oyoq ostiga siniq marmar toshlar yotqizilgan. Odam ko‘p, qanday tantana bo‘layotgani Kiplingga qorong‘u, sababi oldini yog‘och odam to‘sib turibdi. Marosim tugagach, bir kishi yozuvchini qo‘lidan ushlab, unga gapi borligini aytdi.
Shu tushni ko‘rganidan so‘ng, oradan ikki oy o‘tib, adibni haqiqatdan ham qirol saroyiga rasmiy marosimga taklif etdilar. Bu ko‘rgan tushining o‘zginasi edi!

Bunday bashoratlar faqat mashhurlardagina emas, balki oddiy odamlarda ham kuzatiladi. Olimlarning aniqlashlaricha, tushning o‘ngidan kelishi, ko‘proq tush ta’biriga ishonuvchi kishilar hayotida sodir bo‘larkan.

Befarzand bir ayol tushida o‘g‘illi bo‘lganini, o‘g‘li ulg‘ayib eliga nafi teguvchi, mansabdor bo‘lganini ko‘rdi. Oradan bir yil o‘tib, Yaratganning marhamati bilan chindan ham o‘g‘il farzand ko‘rdi. Qarangki, vaqt o‘tgach, zamondoshimiz bo‘lgan o‘sha ayolning tushida ayon bo‘lgan holatlar haqiqatga aylandi.

Aristotel o‘z ta’limotlarida tushning hayot va hayot emaslik orasida turishni tahlil qilgan. Yillar o‘tsa-da, olimlarning ba’zilari tushni tabiiy fiziologik jarayon deb aytishsa, ayrimlari boshlang‘ich ongning alohida qismi deb hisoblashadi. Ularning takidlashicha, tushning asosiy vazifasi kelajakda bo‘ladigan yaxshi va yomon voqealardan ogohlantirishdir.

Tush haqidagi bunday xilma-xil fikr va xulosalar juda ko‘p. Lekin tushning qanday hodisa ekanligi xususida aniq xulosa hozircha mavjud emas. Yana tibbiyot mutaxassislari, odam yaxshi tushlar ko‘rayotganda ortiqcha yog‘dan xalos bo‘lishini ta’kidlaydilar.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushlar o‘ngidan keladimi?