Sovuq dushning afzalliklari juda ko‘p. U sog‘liq uchun foydali bo‘lib, bizning ahvolimizni yaxshilashga yordam beruvchi ruhiy bardamlik baxsh etadi.
Iroda kuchini mustahkamlaydi
Sovuq dush — iroda kuchini rivojlantirish uchun ajoyib mashq hisoblanadi, uningsiz esa hayotda hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Aynan uning yordamida chekishni tashlash, o‘z hissiyotlarini nazorat qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, erta uxlashga yotish, ko‘p pul topish, marhamatliroq bo‘lish mumkin.
Iroda kuchi mushaklarga o‘xshaydi: kuchliroq bo‘lishi uchun ularni chiniqtirish kerak.
Chidamni oshiradi
Noqulaylikka chiday olish kerak. Mayda narsalardan boshlab siz o‘zingizni jismoniy noxush tuyg‘ularga e’tibor bermaslikka o‘rgatasiz. Keyinchalik esa bu qobiliyatni hayotning boshqa sohalariga ham tatbiq qilishingiz mumkin.
Bu sovuq dush bilan qanday bog‘langan? Juda oddiy: sovuq dush noqulaylikka chidash qobiliyatini oshiradi, bu esa o‘z navbatida stressni kamaytiradi.
O‘zgarishlarni qabul qilishga va minnatdor bo‘lishga yordam beradi
Sovuq dush yordamida iroda kuchini mustahkamlash bilan birgalikda siz chidamlilikni oshirasiz. Chidamli bo‘lish oqibatida esa siz hayotda albatta yuz beradigan o‘zgarishlarni qabul qilishni o‘rganasiz. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri minnatdorlik bilan bog‘langan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi