date
views 7 414

Uyg‘onishga yordamlashadigan 7 ta ichimlik (foto)

Uyg‘onishga yordamlashadigan 7 ta ichimlik (foto)
Hech qaysi ashaddiy qahva shinavandasi sevimli ichimligidan voz kechmaydi. Boshqalar uchun esa tetiklashtirishda qahvadan qolishmaydigan ichimliklar haqida ma’lumot tayyorladik, deb yozadi Myday.

LIMONLI SUV

Kunni issiq ichimliklar bilan emas, balki iliq limonli suv bilan boshlan nihoyatda foydali. Chunki, mazkur ichimlik qonni tozalab, yuqori qon bosimibilan kurashadi, metabolizmni tezlashtiradi, bu oshiqcha vazn bilan kurashayotganlar uchun ayniqsa muhim. Eng asosiysi, doimo ko‘rkam ko‘rinish va kun davomida tetik bo‘lishingizga katta yordam beradi.

YASHIL SMUZILAR

Qahvaning o‘rnini bosuvchi ichimliklardan yana biri yashil smuzilardir. Bodiring, ismaloq, brokkoli, kivi, selderey — ta’bga ko‘ra bularni istagan shaklda aralashtirish mumkin. Taniqli top-modellar aynan yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlardan tayyorlangan kokteyllarni maslahat beradilar. Ham foydali, ham tetiklashtiradi.

KO‘K CHOY

Tetiklashish uchun ko‘k choy asosida smuzi tayyorlash ham mumkin. Ko‘k choyning quruq o‘zi ham tetiklashtirishda qahvadan qolishmaydi. Ko‘k choy tarkibida uyg‘onish uchun yetarli miqdorda kofein mavjud. Bu ichimlikni turli mahsulotlar bilan boyitish mumkin. Limon, yalpiz, zanjabil, issiq kunda muz solib iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

YONG‘OQLI SMUZILAR

To‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlari orasida juda mashhur ichimliklardan bo‘lgan yong‘oqli smuzilarni tayyorlash u qadar qiyin emas. Xohlagan yong‘oq turidan foydalangan holda kokos suti, banan va ozgina asal qo‘shib tayyorlangan ichimlik miya faoliyati uchun juda foydali bo‘lib, ta’bga qarab meva va rezavorlar ham qo‘shishingiz mumkin. Yong‘oq tarkibidagi tiamin va magniy surunkali charchoqni yengishda katta yoram beradi.

MATCHA LATTЕ

Ko‘k choyning Yaponiya va Xitoyda juda mashhur navi hisoblangan matcha mashhur aktrisa Gvinet Peltrou va top model Sindi Krouford qahvadan voz kechib, mazkur ichimlikni iste’mol qilishni boshlaganliklarini ma’lum qilishgach ommalashgan. Tonin va kofeinga boy bo‘lgan mazkur ichimlik xuddi qahva kabi ta’sir qilsada, uning foydali tomonlari bir necha barobar ko‘proq. Organizmda tabiiy modda almashinuviga katta yordam ko‘rsatib, ortiqcha vaznli insonlarga ayniqsa foydali.

ANOR SHARBATI

Anor sharbatining qahvadan afzalliklari uning sog‘liqqa ham foydali ekanida. Uni homiladorlar va bolalar ham iste’mol qilishi mumkin. Anor sharbati yurak-qontomir tizimini mustahkamlab, qon bosimi oshishini oldini oladi.

ZANJABILLI CHOY

Zanjabil koni foyda bo‘lib, uning birgina ifori charchoqni chiqarib, tetiklashtirish xususiyatiga ega. Aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga ayniqsa katta foyda yeltiradigan ushbu ichimlik diqqatni jamlashga ko‘maklashadi. Zanjabilli ichimlikni tayyorlash uchun bir choy qoshiq zanjabil ildizini bir stakan qaynoq asalli suv va yalpiz barglari bilan aralashtirish kifoya.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Uyg‘onishga yordamlashadigan 7 ta ichimlik (foto)