Yoshi ancha ulug‘ bo‘lgan bir amaki qulog‘i og‘irligi uchun apparat orqali eshitardi. U kishi ham menga o‘zining ichki kechinmalarini gapirib bergandi. Yoshlik paytlari bu amaki juda kelishgan va baquvvat bo‘lib, qizlarning boshini aylantirishga juda usta ekan. Qizlarni uylanaman deb aldab, tashlab ketarkan. Uchta qizni shu ahvolga solib, keyin boshqasiga uylanibdi. Aksiga olib, xotini juda erkatoy va injiq chiqibdi hamda ikkalasi chiqisholmay, ajrashib ketishibdi. Keyinchalik bir bolali ayol bilan tanishib, shu bilan yashab ketibdi. “Men qizlarning muammosini, ichki dunyosini tushunishni xohlamasdim. Ular orzu qilgan oila, bola-chaqa degan tushunchalar meni qiziqtirmasdi. Men bitta qizni tashlab ketsam, ertasiga boshqasi yo‘limdan chiqib, gaplarimga mahliyo bo‘lib, o‘zi ortimdan ergashardi. Bu holdan ichimda g‘urur paydo bo‘lardi. Men o‘zimni hammadan ustun deb bilardim. Ana shu kibr tufayli o‘z baxtimni boy berdim. Hozir yaqin odamim ham, farzandim ham yo‘q. Yon-atrofdagilarimning “Hammasiga o‘zing aybdorsan”, degan gap-so‘zlari jonimga tegib ketgandi. Keyinchalik quloqlarim yaxshi eshitmay qoldi, ichkaridan bir shovqin paydo bo‘ldi”, degandi u kishi afsuslanib. Rostdan ham bu amakida atrofdigalarga nisbatan jangari bir tuyg‘u bor edi. U go‘yo hech kimni eshitmaslik uchun o‘z dunyosida qamalib yashayotgandek edi…
Darhaqiqat, bizning ruhiy kechinmalarimiz tanamizdagi a’zolarimizga chambarchas bog‘liq. Agar atrofdagilarni eshitishni xohlamaslik, o‘jarlik va kibr ta’sirida hayotning noto‘g‘ri yo‘nalishidan ketayotganligimizni anglamasak, bizda ichki norozilik, g‘azab va jizzakilik kuchayib ketadi. Bunday salbiy his-tuyg‘ular quloqlarimizga ta’sir etadi.
Gulruh YoRMATOVA yozib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi