16:15 / 09.05.2018
5 565

Mag‘lubiyatlarimiz sababi

Mag‘lubiyatlarimiz sababi
"Mo‘g‘ul-tatarlar yo‘lboshchisi Hulakuning qizi Bag‘dod ko‘chalarini aylanib yurgandi, odamlar bir kishining atrofida to‘planib turishganini ko‘rdi. Uning kimligi haqida so‘ragan edi, musulmon olimlardan biri, ekanini aytishdi. Uni oldiga chaqirtirdi va kelganida o‘rtalarida quyidagicha savol–javob bo‘lib o‘tdi:

– Allohga iymon keltirganlardanmisan?

– Ha.

– Alloh ustingizda bizni g‘olib qilmadimi?

– Ha, g‘olib qildi.

– Bu bizning sizlardan ko‘ra Allohga sevimliroq ekanimizni bildirmaydimi?

– Yo‘q!!!

– Nega?

– Qo‘y boqadigan podachini bilasanmi?

– Ha.

– Podasida itlar bo‘lishini-chi?

– Ha.

– Ba’zi qo‘ylar daydib qochsa va itoatdan bo‘yin tovlasa podachi nima qiladi?

– Ularni itoatga qaytarish uchun itlarini qo‘yvoradi.

– Itlar qo‘ylarni qancha muddat quvadi?

– Mudom ular daydir ekan, quvaveradi.

– Sizlar Allohning zamindagi itlarisiz. Modomiki, Allohning yo‘li va toatidan tashqarida ekanmiz, bizni quvaverasiz. Bu holat to Alloh azza va jallaga qaytgunimizcha davom etaveradi".

Aql egalariga bu hodisada ibrat bordir.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mag‘lubiyatlarimiz sababi