Yoshi ancha ulug‘ bo‘lgan bir amaki qulog‘i og‘irligi uchun apparat orqali eshitardi. U kishi ham menga o‘zining ichki kechinmalarini gapirib bergandi. Yoshlik paytlari bu amaki juda kelishgan va baquvvat bo‘lib, qizlarning boshini aylantirishga juda usta ekan. Qizlarni uylanaman deb aldab, tashlab ketarkan.
Uchta qizni shu ahvolga solib, keyin boshqasiga uylanibdi. Aksiga olib, xotini juda erkatoy va injiq chiqibdi hamda ikkalasi chiqisholmay, ajrashib ketishibdi. Keyinchalik bir bolali ayol bilan tanishib, shu bilan yashab ketibdi. “Men qizlarning muammosini, ichki dunyosini tushunishni xohlamasdim. Ular orzu qilgan oila, bola-chaqa degan tushunchalar meni qiziqtirmasdi. Men bitta qizni tashlab ketsam, ertasiga boshqasi yo‘limdan chiqib, gaplarimga mahliyo bo‘lib, o‘zi ortimdan ergashardi. Bu holdan ichimda g‘urur paydo bo‘lardi.
Men o‘zimni hammadan ustun deb bilardim. Ana shu kibr tufayli o‘z baxtimni boy berdim. Hozir yaqin odamim ham, farzandim ham yo‘q. Yon-atrofdagilarimning “Hammasiga o‘zing aybdorsan”, degan gap-so‘zlari jonimga tegib ketgandi. Keyinchalik quloqlarim yaxshi eshitmay qoldi, ichkaridan bir shovqin paydo bo‘ldi”, degandi u kishi afsuslanib. Rostdan ham bu amakida atrofdigalarga nisbatan jangari bir tuyg‘u bor edi. U go‘yo hech kimni eshitmaslik uchun o‘z dunyosida qamalib yashayotgandek edi…
Darhaqiqat, bizning ruhiy kechinmalarimiz tanamizdagi a’zolarimizga chambarchas bog‘liq. Agar atrofdagilarni eshitishni xohlamaslik, o‘jarlik va kibr ta’sirida hayotning noto‘g‘ri yo‘nalishidan ketayotganligimizni anglamasak, bizda ichki norozilik, g‘azab va jizzakilik kuchayib ketadi. Bunday salbiy his-tuyg‘ular quloqlarimizga ta’sir etadi.
Gulruh YoRMATOVA yozib oldi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi