12:12 / 21.05.2018
5 824

Samimiy nasihat

Samimiy nasihat
Senga aytaman ey ahli Islom birodarim!

Nafsing seni ortiqcha molingni sandig‘ingga yoki yig‘ilib boradigan bankdagi hisob raqamingga jamlab uni haq egasidan to‘sishga undasa ham – holbuki mol sening moling emas, sen unga omonatdorsan xolos – nafsing seni ayniqsa shunday muborak oyda shu ishni qilishga chaqirsa ham o‘zing shu molni qurbon qilib ushbu soatda, ya’ni sifatlab bo‘lmaydigan va voqelikni o‘zi sifatlab beradigan bunday xatarli qiyin kunda nafsingni poklab ol.

Meni senga maslahatim molingni ortiqchasini qaytar. Ha men senga shuni nasihat qilaman. Qaytar bu ortiqcha molni!

Boshimizdan o‘tkazayotgan shu kunlarda ilma-teshik bo‘lib ketgan meshlarini berkitishlari uchun uni hojatmandlarga ber. Bunday doimiy qiyinchilikka o‘zingni ham qurbon qilmaslik uchun u molni o‘z egalariga qaytar.

Men senga kafolat beraman, Alloh taolo senga albatta molingni ortiqchasi bilan qaytaradi. Allohning so‘zini o‘qimaganmisan: ˝Allohga yaxshi qarz beradigan kim bor?! Bas, toki U zot unga berganini ko‘p marta ko‘paytirib bersa˝ ("Baqara" surasi, 245-oyat).

Quloq sol va nasihatimni vaqt o‘tmasdan qabul et! Chunki albatta o‘lim azobi doimiydir.

U seni so‘zlashga ham qo‘ymaydi, xatto seni, men pushaymonman deb oh-voh qilishingga ham qarab o‘tirmaydi.
Shayx Ramazon BUTIY.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Samimiy nasihat